Turmush o‘rtog‘im qarshi
Assalomu alaykum! Yoshligimdan namoz o‘qirdim, lekin o‘qish, ish deb namozni to‘xtatib qo‘ygandim. To‘yim ham "zamonaviy" bo‘ldi. Endi bu ishlardan juda afsusdaman. 1. Alloh kechirishidan umid qilsam bo‘ladimi? (chunki bu ishlar shariatga zid ekanligini bilib turganmanku). Alhamdullillah yaqinda namozlarimni boshladim va qazolarimniyam o‘qishga xarakat qilyapman. Qur’on suralarni arab tilida o‘qib, imlosini to‘g‘ri talaffuz qilish kerakligini bildim. Shu sabab arab tili darsiga qatnashmoqchiman, lekin turmush o‘rtog‘im bunga qarshi. "Dadasi qarshilik qilib xato qilyapsiz. Ertaga bollarga diniy tarbiya berish shu qatorda arabcha ham bo‘ynimizda farz" desam ham tushunmayapti". 2. Baribir darsga boraymi yoki 1-2 yil kutib yumshagandan keyin borganim yaxshimi? Iltimos xo‘jayinim uchun duo qilib bering qalb ko‘zi ochilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh muborak qilsin. Siz mahkam turib arab tilini o‘rganishga ham harakat qiling. Aks holda pedogogika maktabini o‘qimasdan o‘qituvchi bo‘lib olgan insonga o‘xshab qolasiz. Tabiiyki bu farzandlaringizga xiyonat. Qiyomatda farzanlaringiz bo‘yningizdan tutadi. Chunki farzi ayn darajasidagi ilmni o‘rgatib qo‘yish sizni ham, eringizni ham zimmangizga farzdir. Oila qurish er-xotin bir-biridan lazzatlanishdangina iborat emas. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:50 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush