Farzandni mustaqillikka uo‘rgatish
Assalomu alaykum! 8 yashar 2-sinf o‘g‘limizni hozirdanoq mustaqil bo‘lishga o‘rgatyapmiz. O‘zi maktabga borib kelishni boshlayapti. Lekin judayam xotirasi past yoki e’tiborsiz. Masalan, deyarli har kuni maktabda nimasinidir unutib keladi. Uy vazifalarini bilib olmasdan keladi. Uyga kelgach esa toki biz eslatib talab qilib turmasak, uy vazifalarini o‘zidan bilib bajarmaydi. O‘zida kitob o‘qish va ilm olishga qiziqish yo‘qdek. Men ham, ayolim ham juda tirishqoq bo‘lganmiz buni yoshida. Yaxshi ham gapirib ko‘ryapmiz, qattiqroq ham gapirib ko‘ryapmiz. Ta’siri esa faqat bir kungina. Keyin yana unutib yuboradi. Oilada o‘zim ham, ayolim ham toat ibodatdamiz. Diniy tarafdan ham ko‘p ta’kidlaymiz. Bolani qanday qilib ilm olishga, tirishqoq bo‘lishga o‘rgatish mumkin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bolaga gapirishning hojati yo‘q. Yoniga kirib birgalashib o‘tirish kerak. Vaqtlar o‘tib bolada ko‘nikma hosil bo‘ladi. O‘rni kelganida rag‘batlantirish kerak. Aslo “sen undaysan, sen bundaysan” demaslik kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:51 | Savol-javoblar | 150 | Bola tarbiyasi