Ochiq sochiq kiyim tikish

Assalomu alaykum! Opamni qo‘llarida tikuvchilik hunarlari bor, bir tikuvchilik salonda ishlaydilar, 5 mahal ibodat qilishga ham sharoit bor u erda. Opam ishlaydigan salon kelinlar libosi va ayollarga oqshom liboslarni tikishadi. Bu liboslar ochiq-sochiq, kalta va tanaga yopishib turadi. Opamga bir ayol "siz ayollar kiyganda gunoh bo‘ladigan kiyimlarni tikkaniz uchun gunohda siz ham sherik bo‘lasiz” debdi. Biz savolga javob topish maqsadida “izlash xizmati”dan foydalandik, lekin u erda qarama-qarshi bo‘lgan javoblarni uchratdik, mana bular: https://savollar.islom.uz/s/1450 va https://savollar.islom.uz/s/20845 va https://savollar.islom.uz/s/2120 bunda tikuvchiga gunoh bo‘lmaydi degan ma’no o‘qisa bo‘ladi, https://savollar.islom.uz/smf/arxiv/17454.0 va https://savollar.islom.uz/s/55613 bunda esa aksi tikuvchiga ham gunohkor degan ma’noni o‘qisa bo‘ladi. 1.Demak tikuvchiga gunoh bo‘lish bo‘lmasligida ixtilof bormi? 2.Tikuvchi faqat muslimalarga xos kiyim tiksa, bu uni deyarli ishsiz bo‘lib qolishiga olib keladiku. Chunki aholini aksar qismi bizda muslima kiyim kiymaydi, shunda ham bu hunarni yig‘ishtirib qo‘yish kerakmi? 3.Opam ish faoliyat yuritadigan salon egasi ham muslimalardan. U ham ibodatda, qo‘lida 10-tacha qizlar ishlaydi. Unga nima maslahat berasizlar? Bu ishni yig‘ishtirsinmi yoki faoliyatini davom ettirsa bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Faqat gunoh ishga kiyilmasdan uyda ham kiyishi joiz bo‘lganlarga joiz deb javob berilgan. Oddiy misol odatda yotoqda kiyilinadigan kiyim. Uni hamma yotoqda kiyadi, biror ayol uni kiyib ko‘chaga chiqib ketsa gunohi uni tikkan yoki sotganga bo‘lmaydi. Shuningdek opa-singillarimiz mahramlari oldida kiyadigan kiyimlari bo‘ladi. Ularni ham o‘z o‘rnida kiysa u ham gunoh emas, tikkan va sotgan ham. Mabodo o‘sha kiyimlarni nomahramlar yo‘q joyda kiyiladigan bo‘lsa u ham joiz.  Ammo faqat gunoh ishlarga, gunoh joylarda kiyiladigan kiyimlarni tikish ham, sotish ham, ijaraga berish ham joiz emas. Bir ayol kelib erkak xotin aralash to‘yga noshar’iy kiyim tikib bering desa, bilaturib uning gunohiga yordam berish joiz emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:53 | Savol-javoblar | 157 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar