Kechdim degandan keyin pulni bersa

Assalomu alaykum! 1. Men Allohni yaratgan bandasi boshqa bir bandasiga jaxl ustida yoki biron bir sabab ila “shu pulni kechdim, sen to‘ygin”, deb kechishi; 2. Boshka bir insonga “senimi himmat qilish. Alloh roziligi uchun deb hadya qilish; Shu ikki narsani nazarda tutib Yaratganga “Robbim men bandang bo‘lib turib shu ishni qildim O‘zing guvohsan. Menga qanday mukofoting bor” deb umid qilish va qachon qaytishini kutish to‘g‘rimi? Chunki menda juda ko‘p tasodiflar bo‘ladi. Bir joyda bersam ikkinchi joyda Alloh etkazadi. Bu musobaqaga o‘xshab qolyapti. Umuman farzand otasiga erkalangandek, banda yaratganga pinhona erkalansa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kechganidan keyin, talab qilmaydi.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam biror qiyinchilikka duch kelsalar namozga shoshilar edilar. Birorta ne’mat etsa sajdaga shoshilar edilar. Bir muborak hadisda  ابن عمر رضي الله عنهما أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حَدَّثَهُمْ أَنَّ عَبْدًا مِنْ عِبَادِ اللَّهِ قَالَ : يَا رَبِّ لَكَ الْحَمْدُ كَمَا يَنْبَغِي لِجَلالِ وَجْهِكَ وَلِعَظِيمِ سُلْطَانِكَ ، فَعَضَّلَتْ بِالْمَلَكَيْنِ فَلَمْ يَدْرِيَا كَيْفَ يَكْتُبَانِهَا ، فَصَعِدَا إِلَى السَّمَاءِ وَقَالا : يَا رَبَّنَا إِنَّ عَبْدَكَ قَدْ قَالَ مَقَالَةً لا نَدْرِي كَيْفَ نَكْتُبُهَا . قَالَ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ - وَهُوَ أَعْلَمُ بِمَا قَالَ عَبْدُهُ - : مَاذَا قَالَ عَبْدِي ؟ قَالا : يَا رَبِّ إِنَّهُ قَالَ : يَا رَبِّ لَكَ الْحَمْدُ كَمَا يَنْبَغِي لِجَلالِ وَجْهِكَ وَعَظِيمِ سُلْطَانِكَ . فَقَالَ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ لَهُمَا : اكْتُبَاهَا كَمَا قَالَ عَبْدِي حَتَّى يَلْقَانِي فَأَجْزِيَهُ بِهَا رواه ابن ماجه  Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi :  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga hadis so‘zlab: “Allohning bandalaridan bir banda “Ya robbi lakalhamdu kamaa yanbag‘ii lijalaali vajhika valiazimi sultonik” dedi. Bu kalima ikki farishtaga og‘irlik qilib uni qanday yozishni bilmay qolishdi. Samoga ko‘tarilib : “Ey robbimiz bandang bir gapni aytdi, biz uni qanday yozishni bilmayapmiz” deyishdi. Alloh azza va jalla – O‘zi bandasi nima deganidan yaxshi xabardor bo‘lsada, - “Bandam nima dedi” dedi. Ular :  “Ya robbi lakalhamdu kamaa yanbag‘ii lijalaali vajhika valiazimi sultonik dedi” deyishdi. Alloh azza va jalla u ikkisiga : “Bandam menga yo‘liqib, mukofotini bergunimcha qanday aytgan bo‘lsa shundayligicha yozib qo‘yaveringlar” dedi”. Ibn Moja rivoyati. 
Ma’nosi: Ey robbim, Senga zotingni jaloliga, saltanatingni ulug‘ligiga loyiq hamdlar bo‘lsin.
Alloh taolo Qur’oni karimda qanday ehson qiluvchilar U zotga ma’qul ekanligini bayon qilib :  إِنَّمَا نُطْعِمُكُمْ لِوَجْهِ اللَّهِ لَا نُرِيدُ مِنكُمْ جَزَاءً وَلَا شُكُورًا۝ 9. «Albatta, biz sizlarni faqat Allohning roziligi uchun taomlantiramiz. Va sizlardan mukofot yoki tashakkur xohlamaymiz.
Demak, chin mo‘min ikkinchi bir birodariga yaxshilik yoki yordam qilganida fiysabilillah, ya’ni Alloh yo‘lida qilmog‘i lozim ekan. Qilgan yaxshiligi evaziga bandasidan tama talab qilish Alloh taoloning g‘azabini keltiradigan va ul bandani munofiqqa aylantiradigan amallardandir. (“Inson” surasi).
Qanday insonlar abadiy xor bo‘lmasligini esa quyidagi hadisda bayon qilingan. قَالَتْ خَدِيجَةُ: كَلَّا أَبْشِرْ، ‏فَوَاللهِ لَا يُخْزِيكَ اللهُ أَبَدًا، فَوَاللهِ إِنَّكَ لَتَصِلُ الرَّحِمَ، وَتَصْدُقُ الْحَدِيثَ، وَتَحْمِلُ الْكَلَّ، وَتَكْسِبُ ‏الْمَعْدُومَ، وَتَقْرِي الضَّيْفَ، وَتُعِينُ عَلَى نَوَائِبِ الْحَقِّ  Xadija shunday dedi: «Yo‘q, xushnud bo‘ling! Allohga qasamki, Alloh sizni aslo sharmanda qilmaydi. Allohga qasamki, siz silai rahm qilasiz, rost so‘zlaysiz, og‘irni engil qilasiz, yo‘qsillarni qo‘llaysiz, mehmonga mehmonnavozlik ko‘rsatasiz, haq yo‘lda boshga tushgan kulfatlarda yordam berasiz». Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:53 | Savol-javoblar | 155 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar