Berkitib zakot berish

Assalomu alaykum! Men oylaliman, boshimda erim bor, taqayotgan taqinchoqlarim nisobga etdi. Shundan erimdan bekutuvcha zakot berrittim. U bilmasayam bo‘ladimi etsam u men to‘plagan molimdan berittim shu bo‘ladi diydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bildirmasdan bo‘lsa ham berishingiz farz. Zakotga qodir bo‘lganlar bermasalar og‘ir oqibat bo‘ladi.  وَالَّذِينَ يَكْنِزُونَ الذَّهَبَ وَالْفِضَّةَ وَلاَ يُنفِقُونَهَا فِي سَبِيلِ اللّهِ فَبَشِّرْهُم بِعَذَابٍ أَلِيمٍ۝ يَوْمَ يُحْمَى عَلَيْهَا فِي نَارِ جَهَنَّمَ فَتُكْوَى بِهَا جِبَاهُهُمْ وَجُنوبُهُمْ وَظُهُورُهُمْ هَذَا مَا كَنَزْتُمْ لأَنفُسِكُمْ فَذُوقُواْ مَا كُنتُمْ تَكْنِزُونَ۝ «Oltin va kumushni jamg‘arib, Allohning yo‘lida sarflamaydiganlarga alamli azobning «xushxabar»ini beraver. Bir kuni o‘sha(oltin-kumush)lar jahannam otashida qizitilur va peshonalari, yonboshlari hamda orqalariga bosilib: «Mana bu o‘zingiz uchun to‘plagan narsangiz, bas, endi to‘plab yurgan narsangizni tatib ko‘ring!» (deyilur)» (Tavba surasi, 34–35-oyatlar). Vallohu a’lam!

10 May 2022, 12:29 | Savol-javoblar | 157 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar