Sadaqa ehsonni hisoblash

Assalomu alaykum! Ustozlar, man har bir xarajatimni yozib yuraman. Oyning oxirida nimaga qancha sarflab, kirim chikimni analiz qilaman. Shunda ehsonlarga sadaqalar miqdorini ko‘rib chiqishim joizmi? Javobingiz uchun avvaldan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Yanada ko‘proq qilish uchun bo‘lsa, joiz. عَنْ أَسْمَاءَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: قَالَ لِي النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لَا تُوكِي فَيُوكَى عَلَيْكِ
عَنْ عَبْدَةَ وَقَالَ: لَا تُحْصِي فَيُحْصِيَ اللهُ عَلَيْكِ
 Asmo roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam menga: «Qizg‘anchiqlik qilma, tag‘in sendan ham qizg‘anilmasin», dedilar».
Abdadan qilingan rivoyatda: «Hisobini qilma, tag‘in Alloh ham senga hisoblab bermasin», deganlar. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

5 May 2022, 13:08 | Savol-javoblar | 148 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar