San manga haromsan deb uch marta aytsa

Assalomu alaykum! Yaqinda ayolim bilan janjallashib “sen menga haromsan” deb ikki yoki uch marta gapirvordim, lekin buni ajrashish niyatida aytmadim, uning ustiga taloq haqida munozara bo‘lmayotgandi. Shuni bir domladan so‘raganimda niyat qilmagan bo‘lsangiz taloq tushmaydi dedilar. Keyin ayolim bilan yaqinlik qilib farzand bo‘lgan. Nikoh o‘qitmay yashashim to‘g‘rimi? Mabodo nikoh qaytib o‘qitsam farzand nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Quyidagi fatvoga binoan xotiningizga bir taloq boin tushgan. Boinga boin qo‘shilmaydi qoidasiga asosan oraga bir taloq tushgan. Qayta nikohlatib oling.
تو أنت علي حرام . ... ... ... . والفتوى على أنه يقع الطلاق البائن ، وإن لم ينو الغلبة استعمال هذه اللفظة في هذه البلاد . الفتاوى التاتار حائية ، كتاب الطلاق / الفصل الخامس في الكنايات 448 / 4 رقم ۱۹۳۷ زكريا ) أفتى المتأخرون في أنت على حرام بأنه طلاق بائن للعرف بلا نية . ( شامي ، كتاب الطلاق / باب الصريح 464 / 4 زكريا ، ۲۰۲ / ۳ كراجي ، سكب الأنهر ۳۷ / ۲ بيروت ، البحر الرائق / كتاب الطلاق ۵۲۳۱۳ زكريا )

Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:56 | Savol-javoblar | 176 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar