Shaytonni qanday engay?
Assalomu alaykum! Juda qiyin va og‘ir sinovdaman. Ammo toqatimdan tashqari emasligini bilaman. Chunki Allohimizning bizlarga toqatimizdan ortiq sinov bermasligini bilaman. Mening iymonim va shayton o‘rtasida juda katta olishuv "jang" ketayapti. Har sohada, har narsada, har soniyada..... Aqlim esa goh adashib, goh shoshib qolayabdi. La’nati Shayton menga bir gunohni yoki namozda, gapimda hattoki nafas olishimda bir xatoni qildirib ketidan nadomat chekdirib, xatoyimdan qiynab boshimni erga urushgacha oborib qo‘yadi, aqlim o‘zinga zarar etkazma bu vas vasa deydi, shayton qo‘rqoqlikda ayblaydi. Xullas qiynalib Allohga duo qilaman. Aqlimning, iymonimning g‘olib kelishini his etaman, ammo uzoq vaqtga emas. Bu ashaddiy dushmanim bilan "jang" da menga qurol bo‘ladigan ilmni qaerdan olay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz shaytonga aslo javob bermang, har qanday xayol kelsa ham e’tibor qaratmang. Falaq va An-Naas surasini ko‘p o‘qing. Imkon boricha ko‘p o‘qing. Bir kunda 1000taga etkazsangiz yanada yaxshi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:56 | Savol-javoblar | 139 | Ruhiy tarbiya