Mo‘min bilan kofirning farqi namozdadir xadisi

Assalomu alaykum! Ustozlar "Mo‘min bilan kofirning farqi namozdadir" Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shu xadislari saxixmi? Men bir ilmli insondan eshitdim. Namoz o‘qimasdan yurgan inson kofirmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadis sahih. Ammo kofir so‘zi ham bir nechta ma’noda ishlatiladi. Bittasi dindan chiqaradigan kufr, yana biri nonko‘rlik. Kufr so‘zi hadislarda ikkala ma’noda ham iste’mol qilingan. To‘rt mazhab imomlaridan uchtasi va ulardan tashqari ulamolarning katta jamosi “U kufrdan nonko‘rlik kufri tushiniladi” deganlar. Ahmad ibn Hanbal va yana bir qancha olimlar “Bu hadisdagi kufrdan dindan chiqaradigan kufr” deganlar. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 03:04 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar