Ota xaqida

Assalomu alaykum! Biz uch qiz, bir o‘g‘ilmiz. Otam bundan 13 yil avval taloq qo‘yib shundan keyin onam bilan birga yana yashab kelishgan. Uch yil avval otam bizni tashlab uydan chiqib ketdi. Uyni Bobom dadamni nomlariga rasmiylashtirib bergan ekanlar. 20 yil oldin uyni har safar bobom remontlarini, bizni kamlarimizni ham qilib kelgan. Dadam ishsizligi sabab yaxshi boqa olmasdi. 2-opamni chet elda yurib turmushga uzatishdi. 3- opamni onam o‘zlari otam tashlab ketganidan keyin ishlab chiqardi. Otamni to‘yga aytsak ham kelmadilar. Ko‘chada ko‘rsak ham teskari qarab ketadilar. Umuman aloqa qilmaydilar. Shu uyni sud orqali bo‘lib olmoqchi. Otamni haqlari bormi shu uyda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Biror ahli ilmning huzuriga boringlar. Hamma tomonini batafsil o‘rganib chiqish kerak bo‘lgan juda ko‘p masalalar bor ekan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:07 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar