Kuyov haqida

Assalomu alaykum! Men yaqinda nasib bo‘lsa uylanyapman. Shariat yuzasidan hamma narsa kuyovning zimmasida bo‘lganligi sababli biz, ya’ni kuyov taraf kelin tarafga hamma narsani o‘zimiz olamiz dedik. Lekin kelin taraf «Bittayu bitta kuyovimiz iltimos kiyimlarini biz qilib beraylik» deb qo‘yishmayapti. Bunday holatda qanday yo‘l tutsak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar “qilmasak bo‘lmaydi” demasdan, hadiya tariqasida bersa shar’an mone’lik yo‘q. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 06:25 | Savol-javoblar | 139 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar