Surani lotinda yozish

Assalomu alaykum! Suralarni lotin alifbosida yozish mumkunmi? Masalan man yosin surasini yodlash uchunn qiynalyapman, odatta qo‘lim bilan yozgan yozuvim esda qoladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Mumkin emas.  Bunday qilib kirill yoki lotinchada yozish shar’an joiz emas. Chunki arab alifbosida to‘rt hil “Z”, uch hil “S” va uch hil “H”lar bo‘lib, ularni kirillchada o‘rinbosari yo‘q. Ularning birini o‘rniga boshqasini talaffuz qilish ila ma’no qo‘pol tarzda buziladi va ko‘p o‘rinlarda namozni buzilishiga ham sabab bo‘ladi. Bizning yurtlarda ham avvaliga xalqning savodini nazarda tutib, «Tafsiri Hilol» kitobida ham Qur’on lafzlarini kirill xatida yozilgan edi. Keyinchalik buni to‘xtatildi. Chunki qadimdan ulamolarimiz Qur’on kalimalarini ajam alifbosida yozishni “Qur’onni tahrif qilishlik” deb fatvo berganlar. Ya’ni “Qur’on ma’nolarini buzish” deganlar. Arab harfini o‘rgangunigacha eshitib yodlasa yaxshi, lekin uni ham biror mutaxassisdan tekshirtirib olishi kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:03 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar