Qarz qaytarish xususida
Assalomu alaykum! 2019 yili ukamning iltimosiga ko‘ra korxonamizdan 2 yilga foizsiz bo‘lib to‘lashga berilayotgan avtomobildan olib bergan edim. 3 oy pulini to‘lagandan keyin ukamning ishlari yurishmay qolgach avtomobilni sotib yubordi. Sotib olgan odam ӽam 2020-2021 yillar davomida oylik to‘lovlarni vaqtida amalga oshirmaganligi tufayli bu pullar mendan undirildi, sababi korxonamiz bilan meni o‘rtamizda shartnoma tuzilgan, bank qarzdorlik to‘g‘risida ma’lumot bersa, buxgalteriyamiz oylikdan ushlab qoladi. Birinchi ushlangan pulni u odam menga qaytarib berdi, keyingilarini bankdan qarzdorlikni aniqlab keyin qaytaraman dedi. Bankdan surishtirsa tabiiyki qarzdorlik ko‘rinmabdi, chunki mendan ishxonamizda oyligimdan ushlab bo‘lingan edida. Keyin u odam avtomobilni boshqa shaxsga sotib yubordi, agar qarz mendan undirilgani aniq bo‘lsa to‘layman dedi. Lekin ӽanuzgacha qarzini qaytarmadi. 3-4 martta ushlangan qarzni ӽujjatlarini telegramm orqali jo‘natib yotig‘i bilan tushuntirib so‘radim, foydasi bo‘lmadi. Shundan so‘ng shariatda qarz 3 martta eslatiladi, boshqa sizga yalinmayman, bermasangiz xafa bo‘lmayman, ӽaqqlar undiriladigan Kunga qoladi deb sms yozsam norozi bo‘ldi. U odam bilan o‘rtamizda ӽech qanday qarz oldi-berdi tuzmaganmiz, chunki avtomobilni ukamga olib berganman, u odamni ӽatto ko‘rmaganman xam, faqat telefonda gaplashganmiz, ӽaqqim bo‘laturib birovlardan qarz oldim, oyligimdan ushlab qolingani uchun. Savolim, yillar o‘tib keyinchalik insofga kelib qarzini uzaman desa, lekin o‘tgan vaqt mobaynida tabiiyki pul qadrsizlanadi, to‘lagan pullarimni sanalari aniq, o‘zim uchun dollarga nisbatan kursini belgilab ko‘ysam bo‘ladimi yoinki ӽozirgi sharoitda dollar kursini ӽoӽlagan yil/oy/kundagi kursini bankdan ӽam bilish imkoni bor.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingizcha so‘mdagi qarzni dollarga bichib olomaysiz. Shariatimizda pulning qadrsizlanishi sabab olingan uzoq muddatli qarzlar olingan vaqtdagi tillaning narxidan kelib chiqib hisoblanadi. Bu kabi masalalarni jonli majlisda, ikki tomon va guvohlar huzurida ko‘rish kerak. Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi biror ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 21:38 | Savol-javoblar | 134 | Turli savollar