G‘usl masalasi
Assalomu alaykum! Bu savol biroz hijolatli bo‘lsa ham bir ayolning iltimosi bilan yozmoqdaman. U yaqinda turmushga chiqqan aytishi bo‘yicha eri uni erkalaganda va shunga o‘xshash ishlar qilganda ayolning ichki kiyimida shilimshiq namlik paydo bo‘layotgan ekan. Bazida unday narsa kelganini sezmay ham qolaman deydi. Kimdir unga shunday holat bo‘lsa g‘usl qilishing kerak deb aytibdi. Juda qiynalib kettim kuniga 2-3 martagacha g‘usl qilishga to‘g‘ri kelyapti deyapti. Aytinchi chindan ham shu vaziyatda g‘usl vojib bo‘ladimi? Savolim uchun uzr so‘rayman. Hech kimdan aniq javob ololmagani uchun sizlarga yozishimni iltimos qildi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U vaziyatda g‘usl vojib bo‘lmaydi. U maziy hisoblanadi. G‘uslni vojib qiladigan maniy esa zarba bilan chiqadi va u chiqqach inson shahvatdan mutlaqo tiyiladi. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 23:06 | Savol-javoblar | 189 | Dolzarb savollar