4666-savol javob haqida

Assalomu alaykum! Mening savolim 4666 savol javob buyicha. Tasmada bismillax aytib so‘yilgan tovuq xalol emas debsiz. Bunnan kelib chikib xamma fermerlar shunaka suyishvotgan busa butun Uzbekiston xarom evotgan ekanda? Fermerlarga xalol suyishga undashning iloji bormi unda? U xolda musulmonlar xarom emasligi uchun kim mas’ul?


«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:

- Va alaykum assalom! O‘zbekistonni hammasi shunaqa qilyapti deganingiz notug‘ri. Biz bilgan va ko‘zimiz bilan ko‘rgan katta tovuq firmalari musulmonlar tarafidan qo‘lda so‘ydiradi. Siz aytgandek qilayotgan o‘sha tovuqni so‘yib etkazib berayotganlar mas’ul. Ozgina foydadan kechib 5-6ta insonni ishga yollasa, so‘yilgan tovuq ham topgani ham halol bo‘ladi. Eganlarning luqmasi ham halol bo‘ladi. Vallohu a’lam!



25 May 2022, 23:09 | Savol-javoblar | 104 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar