Halollik

Assalomu alaykum! Agar homilador ayol homila paytida ko‘ngli istab cho‘chqa go‘shtidan tanovul qilgan bo‘lsa, o‘sha bolaga qanday ta’siri bor?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Inson egan narsalardan tashkil topadi. O‘sha tashkil topyotgan narsa haloldan bo‘lsa, dunyodagi yashashi ham, oxiratdagi joyi ham yaxshi bo‘ladi. U narsaga harom aralashsa, bu dunyodagi holati ham, oxiratdagi maqomi ham yomon bo‘ladi. Iste’mol qilingan bo‘lsa uning uchun tezdan tavba qilish shart. Tavba har qanday nopoklikni poklaydi. Ayol homiladorlik va emizish davrida taomining pokiza bo‘lishi bilan birga quloq va ko‘z tarafidan kiradigan ma’lumotlarni ham pokizasini qabul qilishga harakat qilishi kerak. Chunki homila taomdan nasibador bo‘lganidek ota-ona qabul qilayotgan ma’lumotlardan ham nasibador bo‘ladi. Shuning uchun doimiy Qur’oni karim eshitib va o‘qib yuradigan ayollarning farzandlari Qur’on yodlashlari oson bo‘ladi. Chunki ular eng pokiza davrlarida qalbi va miyasiga ona tarafidan yozib qo‘yilgan bo‘lib, o‘zining o‘qishi o‘sha narsani qayta esga olishi bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:31 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar