Ayol kishiga qo‘l ko‘tarish
Assalomu alaykum! Bir qo‘shnim bilan dugonadekmiz. U turmushga chiqqan, eri bilan kelishmovchiliklar ko‘p bo‘lib turadi va eri har safar unga qo‘l ko‘taradi. Shu darajada uradiki ko‘zlari ko‘kargan, yuzi ko‘kargan, qo‘llarida piyoladek keladigan ko‘m-ko‘k joylari bor. Ularning millati rus, ammo eri “biz musulmonlar bilan yashayapmiz. Ularda ayollarini urish mumkin agar quloq solmasa deganmish”. Bunaqa paytlarda erim rusligini unutib, darrov musulmonlar o‘zbeklarda mumkin deb gapiradi. Biz O‘zbekistonda yashayapmizmi, demak ulardaqa yashashimiz kerak der ekan. Aynan qo‘l ko‘- targan payti yoki boshqa qizlar bilan yurib, ularni uyga olib kelmoqchi bo‘lgan paytlari o‘zbeklarda 2-3ta xotin olish mumkin deb gapirarkan. Aytingchi ayoliga qo‘l ko‘tarish mumkinmi? Sal kelishmovchiliklar bo‘lsa ham shunaqa ko‘kartirib urish bu maxluqlik emasmi? Savolim no o‘rin bo‘lsa uzur so‘rayman unga achinib ketdim bugun
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Musulmonlarda xotinini urish yo‘q. Musulmonchilikni bilmaganlarda bor. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:09 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Musulmonlarda xotinini urish yo‘q. Musulmonchilikni bilmaganlarda bor. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:09 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar