Vasvasa shirk

Asalamu alaykum! Ko‘nglimda shunaqangi shayton alayxilana vasvasasi qamrab olgan uni qanday qilib yaxshi qilsam bo‘ladi? Vasvasa orqali ko‘nglimda shunaqangi kufr, shirk haqida vasvasalar bo‘ladi. Shirk kechiriladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! U vasvasalarga gunoh yozilmaydi. عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ جُبَيْرِ بْنِ مُطْعِمٍ، أَنَّ عُثْمَانَ قَالَ: تَمَنَّيْتُ أَنْ أَكُونَ سَأَلْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَاذَا يُنْجِينَا مِمَّا يُلْقِي الشَّيْطَانُ فِي أَنْفُسِنَا؟ فَقَالَ أَبُو بَكْرٍ: قَدْ سَأَلْتُهُ عَنْ ذَلِكَ، فَقَالَ: " يُنْجِيكُمْ مِنْ ذَلِكَ أَنْ تَقُولُوا مَا أَمَرْتُ بِهِ عَمِّي أَنْ يَقُولَهُ فلمْ يَقُلْهُ  Muhammad ibn Jubayr ibn Mut’im roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Usmon roziyallohu anhu: “Shayton nafsimizga vasvasa qiladigan narsadan najot beradigan narsa nima ekanligini so‘ragan bo‘lganimda edi” dedi. Shunda Abu Bakr “Men bu haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so‘raganman. Bu narsadan sizlarga amakimga aytishga buyuurganimda aytmagan gaplari najot beradi” dedilar. Ya’ni “Laa ilaaha illalloh Muhammadur Rosuululloh” kalimasini aytish.
Imom Ahmad rivoyati.   عن أبي هريرة - رضي الله عنه - قال: جاء ناس من أصحاب النبي - صلى الله عليه وسلم فسألوه: إنا نجد في أنفسنا ما يتعاظم أحدنا أن يتكلم به!  قال :   وقد وجدتموه؟-، قالوا: نعم،:قال ذاك صريح الإيمان  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bir necha kishilar kelib: “Qalbimizda aytishni ulkan(gunoh) deb biladigan narsalarni topamiz” deyishdi. “Uni ulkan gunoh deyishni topasizlarmi?” dedilar. Ular: “Ha” deyishdi. “O‘sha ayni iymondir” dedilar.
Bunday paytda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Laa ilaaha illalloh Muhammadur Rosuululloh” kalimasini aytish kerakligini aytganlar.
Alloh taolo “A’rof” surasida marhamat qiladi:  وَإِمَّا يَنزَغَنَّكَ مِنَ الشَّيْطَانِ نَزْغٌ فَاسْتَعِذْ بِاللّهِ إِنَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ۝ 200. Agar senga shayton tomonidan sanchish sanchilsa, Allohdan panoh so‘ra. Albatta, U o‘ta eshituvchidir, o‘ta biluvchidir.
“Mu’minun”
surasida:  وَقُل رَّبِّ أَعُوذُ بِكَ مِنْ هَمَزَاتِ الشَّيَاطِينِ۝ 97. Sen: «Robbim, Sendan shaytonlarning vasvasasidan panoh so‘rayman!  وَأَعُوذُ بِكَ رَبِّ أَن يَحْضُرُونِ۝ 98. Robbim, Sendan ularning menga hozir bo‘lishlaridan panoh so‘rayman», – deb ayt. وعن ابن عباس قال : جاء رجلٌ إلى النبي صلى الله عليه وسلم ، فقال : يا رسول الله ، إن أحدنا يجد في نفسه ، يعرض بالشيء ، لأن يكون حُمَمَة[2] أحب إليه من أن يتكلم به ، فقال : الله أكبر ، الله أكبر ، الله أكبر ، الحمد لله الذي رد كيده إلى الوسوسة  Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzuriga bir kishi kelib, “Ey Allohning rasuli birimiz o‘z nafsida ba’zi bir narsalarni topadi. Uni gapirishdan ko‘ra ko‘mirga aylanish u uchun mahbubroqdir” dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar. Shaytonni xiylasini oddiy bir vasvasaga chiqarib qo‘ygan Allohga hamdlar bo‘lsin” dedilar. Ya’ni bu hech qanday ta’sir qilmaydigan xayolgina xolos.
Ahmad ibni Abul Havoriy aytadilar: “Abu Sulaymon Doroniyga vasvasadan shikoyat qilgan edim: Bu narsa senda to‘xtashini xohlasang qachon shu vasvasani his qilganingda g‘am qilish o‘rniga biror bir zikrni aytib xursand bo‘l. Shunda vasvasa sendan to‘xtaydi. Chunki shaytonga mo‘minni xursandchiligidan qattiqroq g‘azabini keltiradigan narsa yo‘q. G‘amga botsang vasvasasini senga ziyoda qilaveradi” dedilar. Alloh va rasuli shaytonning vasvasasini bema’ni xayol, iymonga zarari yo‘q deganidan keyin mo‘min kishi bunga parvo qilmaslik kerak.  Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:09 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar