Qurilish mollarini usta bilan sotib olish
Assalomu alaykum, Shayx hazratlari.Men oz‘im guvoh bo‘layotgan bir holatda qanday yo‘l tutishni bilmayapman va shuning uchun sizdan oydinlik kiritishingizni so‘ramoqchiman.Hozirgi vaqtda ko‘pchilik imorat quruvchilar qurilish mobaynida usta topib, ko‘p hollarda o‘sha usta bilan birgalikda bozorga tushib, qurilish mollari sotib olishadi. Usta bilan birga borishdan maqsad sifatli mol sotib olish, chunki imorat egalarining ko‘pchiligi qurilish mollari borasida ustachalik etarli bilimga ega bo‘lmasligi mumkin.lekin keyingi paytlarda ko‘p kuzatilyaptiki, ishonib tanlangan usta, bozordagi ayrim sotuvchilar bilan kelishib olgan bo‘ladi, masalan "men ustaman, yil mobaynida senga haridor topib kelaman, u sendan qurilish mollari sotib olsa, menga qancha foiz pul berasan yoki aniq shuncha foizini berasan" deydi. Imorat egasi bilan kelganda esa, mana shu joyda ishonchli mol bor degan gaplar bilan o‘zi kelishgan sotuvchidan mol sotib oldiradi. Imorat egasi ustaga ishonganligi uchun aldanib qoladi, natijada ham qimmat ham sifatsiz mol oladi. Savol: Mana shu holatda 1)usta va2)sotuvchi amalining hukmi qanday bo‘ladi? Agar savolni takror berayotgan bo‘lsam uzr, ammo men aynan shu mazmundagi savolga javob ko‘rmadim.Oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu gunoh! Topgan mollari harom!
4 May 2022, 11:41 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu gunoh! Topgan mollari harom!
4 May 2022, 11:41 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom