Maxr talab qilishi haqida
Assalomu alaykum! Do‘stimning savolini junatyapman. Ko‘p yillar oldin, sovet davrida uylanganida na din na shariatdan bexabar, ruschada o‘qigani tufayli o‘zbekchaniyam zo‘rg‘a gapiradigan yigit bo‘lgani uchun maxr xaqidagi savolga nima javob berishni bilmay kuyovjo‘rasiga qaragan. U esa uymi xovlimi biror narsa deb yubor desa, bu shunchaki rasmiyatchilik ekan deb o‘ylab o‘zi yashayotgan, lekin aslida otasiga tegishli to‘rt xonali kvartirani taklif qilgan va kelinam darrov rozi bo‘lgan ekan. Keyinchalik otasi bu yigitga uy olib berib mustaqil xayotga chiqargan, lekin do‘stimning xotini o‘sha shaxar markazidagi to‘rt xonali uy menga berilmaguncha maxrimga rozi emasman deb janjal ko‘tarib turarkan. Inson tushunmasligani ortidan o‘zida yo‘q narsani maxrga va’da qilib yuborsa nima bo‘ladi? Ayolini rozi qilishi uchun xuddi o‘sha uyni (u uy xozirda sotib yuborilgan) qanchaga bo‘lsa xam sotib olib berishi kerakmi? Ochiq aytish kerakki do‘stim o‘rtaxol inson bunga qurbi etmaydi. Shu turgan uch xonali uyimizga ko‘naqol desa ayoli xecham unamabdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! “Hidoya” kitobida : “Bir kishi bir ayolga “Bu hovlini mahr qilish evaziga” deb uylansa, holbuki u hovli birovning mulki bo‘lsa, nikoh joiz, mahrga deb aytilingani ham durust. So‘ng qaraladi, agar hovlining egasi hovlini berishga rozi bo‘lsa, xotinga o‘sha hovlini o‘zi beriladi. Agar egasi rozi bo‘lmasa, er xotiniga o‘sha hovlining qiymatini beradi” deyilgan. Siz aytgan holatda ham 4 xonali hovlini mahrga degani durust bo‘lgan, nikoh ham bog‘langan. Vaholanki u 4 xonalik uy erniki emas, otaniki bo‘lgan. Ota rozi bo‘lsa o‘sha uyni beradi, agar rozi bo‘lmasa(rozim bo‘lmaslikka ham haqqi bor, chunki u otaning shaxsiy mulki), er o‘sha 4 xonali uyni qiymatini xotinga mahr qilib berishi zimmasiga lozim bo‘ladi. Xotin “O‘sha otangni uyini nima qilib bo‘lsa ham olib berasan” deyishga haqqi yo‘q. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:58 | Savol-javoblar | 176 | Oila va turmush