Nikohsiz yashab yurish

Assalomu alaykum! Bir do‘stim adashmasam 4-5 yildan beri bir ayol bilan yashaydi. To‘y ham, nikoh ham o‘qitishmagan, shunchaki tanishib, birga yashab yurishibdi. Unisi erim deydi, bunisi xotinim deb yuradi. Ular o‘rtasida nikoh o‘zidan bog‘lanib ketganmi? 2) O‘zim guvohi bo‘lganman ko‘p janjal qilishganda, bo‘ldi sen bilan yashamayman, boshqaga erga tegaver, qachongacha men bilan bunday yurasan deyar edi. Shu gapi bilan o‘rtalariga taloq tushganmi? 3) Yaqinda do‘stim mendan nikoh o‘qib qo‘yishimni so‘radi. Men yo‘q o‘qimayman dedim. O‘rtalariga 3 dan ortiq taloq tushib qolgan bo‘lsa, men sabab yana harom yashab yurishlaridan qo‘rqdim. Ular haliham o‘qitmay yashab yurishibdi. Qanday maslahat berasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). O‘z-o‘zidan bog‘lanmaydi. 2). Nikoh bo‘lmasa qanday taloq bo‘lishi mumkin. 3). Nikohlab qo‘yish kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:14 | Savol-javoblar | 135 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar