Safarga bilet olgan kundan qasr o‘qiymanmi?

Assalomu alaykum! Men xozirda chet eldaman, uyga ketishni niyat qilib 1 oy oldinga bilet olib qo‘ysam namozlarni qasr qilib o‘qiymanmi yoki uydan chet elga ishga boraman deb niyat qilib 1 oy oldinga bilet olsa xam namozlarni qasr qilib o‘qiydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytgan ikki holatda ham to‘liq qilib o‘qiysiz. Ya’ni toki yo‘lga chiqmaguningizcha to‘liq qilib o‘qiysiz. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 00:34 | Savol-javoblar | 150 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar