Echim topolmaslik
Assalomu alaykum! Avvalo savollarimizni beparvo qoldirmay chiroyli javoblaringiz uchun, biz ayollar masjidlarga borolmay kimdan savolimizga javob olishni bilmay o‘tirmasligimizga chiroyli echim topganingiz uchun sizlarga ulkan minnatdorchiligimni qabul qilinglar va Alloh sizlarni jannat axlidan qilib qabr azobiyu do‘zax olovidan asrasin. InshaAlloh. Savolim quyidagicha, Onam kichikligimdan sarpo yig‘ishda menga (Madonna) nomli idishlardan yig‘ib bergan edilar, ammo to‘y oldidan onam va akalarimga og‘irligi tushmasin deb boshqa idish oldirmay o‘sha idishlar bilan uzatildim. Hozirda shu idishlar uyimda turibdi, shariatimizda uyda jonli mavjudodlar surati bo‘lmasligi haqida eshitgandim, bu idishlar ham shu toifaga kiradimi degan shubxadaman. Bu xolatda qanday yo‘l tutishim kerak? Ularni kimgadir xadya qilish o‘zimga ravo ko‘rmaganni ravo ko‘rish bo‘lib qolmaydimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Quyidagi linkda berilgan savol-javobni o‘qing. https://savollar.islom.uz/savol/84576
29 Aprel 2022, 19:09 | Savol-javoblar | 155 | Islam
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Quyidagi linkda berilgan savol-javobni o‘qing. https://savollar.islom.uz/savol/84576
29 Aprel 2022, 19:09 | Savol-javoblar | 155 | Islam