Tug‘riqdan keyin ayol kishini poklanishi

Assalomu alaykum! Ayol kishi to‘g‘ruqdan keyin chaqaloqdek pok, butun gunohlari to‘kilib ketadi degan gapni ko‘p eshitganman. Shu rostmi yoki yolg‘onmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Gunohni qilib-qilib farzand ko‘rishi bilan barcha gunolardan pok bo‘ladi degan gap yo‘q. Biror oyat yoki hadisda unday pok bo‘lishi kelmagan. Har bir gunoh uchun tavba qilishi shart. Qazo namoz va ro‘zalari bo‘lsa hammasini ado qilishi shart. Bizning dinimizda nasorolar kabi Alloh kechirishidan boshqa biror ish tufayli gunohi yuvilmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:15 | Savol-javoblar | 145 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar