Hayz davrida dars

Assalomu alaykum! Avvalo berayotgan savolimdan uzr so‘rayman... Men tajvid darslariga qatnashayotgan edim, xatto xayz ko‘rgan vaqtimda xam. Yaqinda bir dugonam xayz vaqtida Qur’on tilovati man qilingan dedilar. Bundan xabarim bor edi. Savolim esa dars yuzasidan: agar darslarni qoldirsam 2 yoki 3 darsdan qolib ketishimga to‘g‘ri keladi. Ustozimiz esa darslarni qoldirmanglar deb uqtiradilar. Men xam darslarimiz juda yoqqani uchun ularni sira qoldirgim yo‘q. Shu vaziyatda qanday yo‘l tutganim to‘g‘ri bo‘ladi? Ba’zilar "dars" bo‘ladigan bo‘lsa, xayz vaqtida xam kiraversa bo‘ladi deb aytishgandi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tilovat qilinmasa bo‘ldi. Tajvid o‘rganishning zarari yo‘q. Ustoz “Siz ham o‘qing” deb majbur qilmasa kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:15 | Savol-javoblar | 149 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar