Halol taom iste’moli

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men xozirda chet davlatda o‘qiyapman. Yotoqxonada yashayaman. Bu erda o‘zga dindagi bollar bilan yashayapman. Xonadoshlarim cho‘chqa go‘shtida tayyorlangan mahsulotlaridan istemol qiladi. Savolim shundan iboratki bular bilan birga ovqatlanmasligim kerakmi? Ovqat tayyorlanadigan idishlar asosiysi meniki, ya’ni idish tovoqlarimni alohida qilib olaymi? Nima qilishga ham hayronman. Bilmay ushbu go‘shtdan eb qo‘ygan bo‘lsa nima  qilish kerak? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har bir inson atrofidagi kishilar do‘sti, ota-onasi, qo‘shni-qarindosh, kasbdagi sheriklari bilan muomala qilayotganida ularni ehtiromini o‘z joyiga qo‘yishi, ular aziz deb bilgan narsalarini beqadr qilmasligi kerak bo‘ladi. Shu bilan birga o‘zining e’tiqodini, ibodatini, yaxshi ko‘rgan narsalarini qadrlashlarini ham talab qilishi kerak. Hurmat hamma vaqt bir tarafdan bo‘lmasligi kerak. Ular ham sizning diningizni xorlashmasin, rioyasin qilishsin, siz harom deb bilgan narsani sizga ravo ko‘rishmasin, siz gunoh deb bilgan narsani sizni oldingizda qilishmasin. Inson hamma joyda o‘zining mavqe’ini bilishi va bildirishi kerak. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 08:46 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar