Tana azolarini sotish

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, men ozgina qarz bo‘lib qoldimi. Qarzimni to‘lash uchun o‘z buyragimni sotsam bo‘ladimi? Chunki boshqa choram qolmadi. Ishlayapman ammo orttira olmayapman. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Buyragingizni sotishingiz harom amal. Bu dunyoda banda chorasiz bo‘lishi mumkin, lekin Alloh taolo uchun chorasiz ishning o‘zi yo‘q. Allohga bog‘lansangiz, astoydil duo qilsangiz echimini ko‘rsatib qo‘yadi, ishingizni hal qilib qo‘yadi. So‘rang, so‘rashda bardavom bo‘ling, noumid bo‘lmang. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:17 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar