Jismoniy mashaqqati kamroq kasblar

Assalomu alaykum! Muxtaram zikr axlidan so‘rang xay’at azolari. Avvalambor Islom dini yo‘lidagi ishilarga omad va zafarlar tilab qolaman. Savloim jismoniy mashakqati kamroq kasblar xaqida. Men shaxsan uzim telefon va kompyuterlarni programmalashtirish bo‘yicha tiriklchilik qilaman. Yakinda bir tanishim aytib qoldiki bunday o‘tirib qiynchilik ko‘rmay, mashaqqati kam ishlash (evre) juxidlardan emish va bu musulmonchilikka to‘g‘ri kelmedi degande qildi. Rostdan xam shunaqami? Men kasbimni o‘zgartirishim kerakmi? Vaxolanki bizda xam mashaqqat kam emas aqlan toliqamiz ko‘z nurimiz zararlanadi bosh miyaga tasiri bor toliqamiz garchi jismonan kam mexnat qilgandek ko‘rinsak. Kerak bo‘lsa kechalari uxlamasdan muammolar echimini qidirib tunlari uxlamasdan chiqqan kunlarimiz bo‘ladi. Javobingiz uchun oldindan Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizga aytgan inson nodon ekan. Siz kasbingizni eng mohiri bo‘ling. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:17 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar