Yaxshilik qilinuvchining holi

Sizga Allohdan ikki dunyo saodatini so‘ragan holda, quyidagi savolni bermoqchiman: Bir musulmon kishi yordamga muhtoj bo‘lsa unga yordam berayotganda uning aslida kim, qanday odam ekanligining ahamiyati bormi? Masalan u ichkilikboz, lekin rostdan nongaham puli yo‘q holatda unga non olib berish. Yoki bir munofiq qiyin ahvolda qolsa ungaham yordam berish kerakmi? Uni bu yaxshilikning qadriga etmasligini qaytaga uning boshqa yomonliklar qilishi uchun yordam bo‘lishini bilgan holda. Yoki bundaylarga yaxshilik qilish shart emasmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Zakot, fitr sadaqa kabi farz – vojib ehsonlarni mo‘min va tavodor odamlarga beriladi. Ixtiyoriy ehsonni kofirga bersa ham bo‘ladi.

26 May 2022, 21:51 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar