Kofeda oldindan ko‘rib yo‘llarni ochish

Assalomu alaykum! Savolim bir tanishim, men odamliman odamim bor ustozimdan fotixa olganman menga kofe tushgan kofeda odamlarni ko‘raman ish yo‘llarini baxt yo‘llarini ochibberaman. Ustozim esa tasbexda ko‘radilar diydi. Men ishmiman bu fol ochishga kiradi desam yo‘q bu bizga xudo tomonidan yuqtirilgan diydi. Yaqinda yana bir ayol srnga qur’on tushyabti sen qur’on bilan o‘qiysan seni o‘zim shogirtlikka olaman, meni shogirtim bo‘lasan, hijobga kirasan madrasada arab tilini o‘rganasan debti. Bu gapga ishonsa bo‘ladimi. Javob uchun oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ular bekorlarni aytishibdi. U xudochamidiki Alloh berkitgan yo‘lni ochib bersa. Alloh taolo “An’om” surasida marhamat qiladi:  قُل لاَّ أَقُولُ لَكُمْ عِندِي خَزَآئِنُ اللّهِ وَلا أَعْلَمُ الْغَيْبَ وَلا أَقُولُ لَكُمْ إِنِّي مَلَكٌ إِنْ أَتَّبِعُ إِلاَّ مَا يُوحَى إِلَيَّ قُلْ هَلْ يَسْتَوِي الأَعْمَى وَالْبَصِيرُ أَفَلاَ تَتَفَكَّرُونَ۝ 50. Sen: «Sizlarga: «Huzurimda Allohning xazinalari bor», ham demasman, g‘aybni ham bilmasman. Va yana sizlarga: «Men farishtaman», deb ham aytmasman. Men faqat o‘zimga vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos», – deb ayt. «Ko‘r bilan ko‘zi ochiq teng bo‘lurmi? Tafakkur qilmaysizlarmi?» – deb ayt.  وَعِندَهُ مَفَاتِحُ الْغَيْبِ لاَ يَعْلَمُهَا إِلاَّ هُوَ وَيَعْلَمُ مَا فِي الْبَرِّ وَالْبَحْرِ وَمَا تَسْقُطُ مِن وَرَقَةٍ إِلاَّ يَعْلَمُهَا وَلاَ حَبَّةٍ فِي ظُلُمَاتِ الأَرْضِ وَلاَ رَطْبٍ وَلاَ يَابِسٍ إِلاَّ فِي كِتَابٍ مُّبِينٍ۝ 59. G‘aybning kalitlari ham Uning huzurida bo‘lib, ularni Undan boshqa hech kim bilmas. U quruqligu dengizdagi narsalarni biladir. Birorta yaproq tushmaydiki, magar uni ham biladir. Er zulmatlaridagi don bo‘lsin, ho‘lu quruq bo‘lsin, albatta, ochiq-oydin kitobda bordir. “A’rof” surasida:  قُل لاَّ أَمْلِكُ لِنَفْسِي نَفْعًا وَلاَ ضَرًّا إِلاَّ مَا شَاء اللّهُ وَلَوْ كُنتُ أَعْلَمُ الْغَيْبَ لاَسْتَكْثَرْتُ مِنَ الْخَيْرِ وَمَا مَسَّنِيَ السُّوءُ إِنْ أَنَاْ إِلاَّ نَذِيرٌ وَبَشِيرٌ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ۝ 188. Sen: «O‘zim uchun Alloh xohlaganidan tashqari, na foyda va na zararga molik emasman. Agar g‘aybni bilganimda, yaxshilikni ko‘paytirib olgan bo‘lar edim va menga yomonlik etmas edi. Men faqat iymon keltiradigan qavmlar uchun ogohlantiruvchi va xushxabar beruvchiman, xolos», – deb ayt.

“Naml” surasida :  قُل لَّا يَعْلَمُ مَن فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ الْغَيْبَ إِلَّا اللَّهُ وَمَا يَشْعُرُونَ أَيَّانَ يُبْعَثُونَ۝ 65. Sen: «Osmonlaru erda Allohdan boshqa hech kim g‘aybni bilmas», – deb ayt. Ular qachon qayta tiriltirilishlarini ham sezmaslar.
G‘aybni bilish faqat Alloh taoloning O‘ziga xosdir. Allohdan boshqa hech kim – na inson, na farishtalar, na jinlar g‘aybni bilmaydi. Bu esa Alloh taoloning mutlaq ilm egasi ekanini anglatish bilan birga, maxluqotlar uchun U buyuk Zotning lutfi hamdir. O‘ylab ko‘raylik, inson o‘z taqdirini – bir kun, bir hafta, bir oy, bir yildan keyin yoki umrining oxirigacha nimalar bo‘lishini aniq bilsa, uning uchun o‘sha kun, hafta, oy, yil va umrning qizig‘i qoladimi? Albatta, yo‘q. Bu mulohaza faqat birgina g‘ayb haqida. Yana qanchadan-qancha g‘ayb ishlari bor, ularni ham mulohaza qilsak, shunga o‘xshash hikmatlar kelib chiqaveradi.
“Jin” surasida:  عَالِمُ الْغَيْبِ فَلَا يُظْهِرُ عَلَى غَيْبِهِ أَحَدًا۝ 26. U g‘aybni biluvchidir va hech kimni O‘z g‘aybidan xabardor qilmas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:20 | Savol-javoblar | 173 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar