Mashina yoki uyini sotaman deganda balo kelishi

Assalomu alaykum! Odam minib yurgan mashinisini yoki yashab turgan uyini sotaman desa ayrim xollarda uy va mashinaga palakat kelganini ko‘pbora ko‘rganmiz. Aytingchi shu xolatda buyumni sotib yangilashda qandaydir vaqt bormi yoki palakat o‘sha insonni o‘zidami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Inson ibodatida, muomalasida, kasb-korida shariatga zid ish qilishni boshlasa qo‘l ostidagilari unga itoat qilishni tark qiladi. Bir ulug‘ zot “Men Allohga itoatsiz bo‘layotganimni ahlimni menga itoatsizligidan tushinib olaman. Hatto mingan ulovim ham sarkashlik qilishni boshlaydi” deganlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:20 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar