Kamgaplik yoki diplomatiya?
Assalomu alaykum! Men tabiatan kamgapman. So‘nggi yillarda qo‘ldan kelgancha ilm izlash maqsadida ko‘proq kitob o‘qishga bo‘lgan rag‘batim natijasida esa xulqimning bu tomonini yanada kuchaytirib yuboryapti va og‘izdan chiqadigan har bir so‘z uchun bo‘lgan ma’suliyat meni shunga undayapti. Boisi, men kundalik hayotimda muomalada bo‘ladigan aksariyat insonlarning har xil behuda, befoyda gaplari, g‘iybat, laganbardorlik ma’nolarini o‘zida aks ettiradigan so‘zlari menga erish tuyuladi, ta’bimni xira qiladi. Shuning uchun agar muloqot qursam, faqat ish yuzasidan, ma’lim bir masalaning echimi uchun muhokama zarur bo‘lsa, manfaat keltiradigan gap bo‘lsagina gapiradigan bo‘lib qolyapman. Buning ustiga tilim bilan dilim bir. Doim shaffof bo‘lishga harakat qilaman. Ko‘nglimda nimani o‘ylasam tilimda shuni ifoda qilib yuboraman. Yaqinda ishdagi raxbarim manga tanbeh berib, “Sening bu kamgapliging, to‘g‘riso‘zliging, ishchilar, yon-atrofdagilar bilan diplomatik aloqaga kirisha olmasliging – sening kamchiliging..., sen yaxshi mutaxassis bo‘lishing mumkin, lekin odamlar bilan yaxshi muomalada bo‘lmasang biliming ko‘p bo‘lsa ham seng bo‘lgan bahoni tushirib yuboradi... ish bilganga bir qop, gap bilganga 10 qop...” kabi gaplarni aytib nasihat qildilar. Boshim qotib qoldi. Shu masala yuzasidan shariatning hukmi qanday? O‘z tabiatimga sodiq qolganim afzalmi, yoki rahbarimning tavsiyalariga amal qilib dunyoqarashimni o‘zgartirishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bular rahbaringiz aqliga suyanib gapirgan gaplar. Xulqi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahoba roziyallohu anhumlarga o‘xshagan kishi hech qachon tanazzulga uchramagan uchramaydi ham. Siz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oiladagi, savdodagi, odamlar orasidagi o‘zlarini tutishlarini o‘rganing va o‘zingizda tatbiq qilishga harakat qiling. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 19:55 | Savol-javoblar | 166 | Ruhiy tarbiya