Zakovat o‘yini
Assalomu alaykum! Hozirda telegram ijtimoiy tarmog‘ida zakovat o‘yinlarini turli kanallar orchali o‘tkazish urfga kirgan.Va ba’zi hollarda pul yutuqlari ham o‘ynalmoqda,lekin o‘yinchilardan hech qanday pul yoki boshqa narsa talab qilinmaydi.O‘tkazuvchilardan so‘rasak bu faqat rag‘banlatirish deyishadi.Savolim shuki shu o‘yinlarni o‘ynash va rag‘batli qo‘lga kiritish halolmi?Iltimos javobni telegram kanalilarda ham e’lon qilsangiz, ko‘pchilik kutmoqda.Oldindan rahmat kattakon. "Zikr ahlidan so‘rang" hay’ati: - Va alaykum assalom! Biz unday o‘yinlar borligini ham qoidalarini ham bilmaymiz. Administrator. Pul tikmasdan , aql bilan yutib olish mumkin bo‘lgan musboqalarda qatnashish va g‘olibga ajratilgan yutiqni yutish halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ilm o‘rganish, ilmni tarqatish, ommani jaholat va g‘aflatdan qutqarib ilmga targ‘ib qilish shariatimizda targ‘ib qilingan amallardan hisoblanadi. Televideniya va internetlarda siz aytgan kabi zakovat o‘yinlar ko‘p. Afsuski juda ko‘pining insonning na dunyosi va na oxiratiga zarracha foydasi yo‘q. Ulardan ko‘zlangan maqsad kimningdir shaxsiy manfaati bo‘ladi. Inson qiyomat kuni aql ne’matidan ham uni nimaga sarflaganidan so‘raladi. Yaxshisi har bir soha egasi avvalo diniga tegishli, ikkinchidan sohasiga tegishli o‘yinlarda qatnashishi kerak. Imkoni bo‘lsa soha mutaxassislarini jalb qilib kuzatib borishlarini, tavsiyalar berib borishlarini yo‘lga qo‘yish kerak. Bir tomondan tikilgan mukofot qimorga kirmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:26 | Savol-javoblar | 131 | Administrator