Majburlab namoz o‘qittirish
Assalomu alaykum! Allohga shukr turmush o‘rtog‘im bilan namoz o‘qishni boshladik. Ammo turmush o‘rtog‘im namozlarni qazo qilishdan qo‘rqmayabdilar. Ya’ni ishdan vaqt orttirsalar o‘qiydilar bo‘lmasa ishni birinchi bitkizishga xarakat qiladilar. Ularga majburlab namozlarini o‘qizdirsam bo‘ladimi yoki bezdirgan bo‘lamanmi? Xaqlariga duodaman. Rahmat. Alloh ajringgizni bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: رَحِمَ اللهُ رَجُلًا قَامَ مِنَ اللَّيْلِ فَصَلَّى وَأَيْقَظَ امْرَأَتَهُ، فَإِنْ أَبَتْ نَضَحَ فِي وَجْهِهَا الْمَاءَ. رَحِمَ اللهُ امْرَأَةً قَامَتْ مِنَ اللَّيْلِ فَصَلَّتْ وَأَيْقَظَتْ زَوْجَهَا، فَإِنْ أَبَى نَضَحَتْ فِي وَجْهِهِ الْمَاءَ. رَوَاهُمَا أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kechasi turib, namoz o‘qigan va xotinini uyg‘otgan, agar turmasa, yuziga suv sepgan erga Allohning rahmati bo‘lsin. Kechasi turib, namoz o‘qigan va erini uyg‘otgan, agar turmasa, yuziga suv sepgan xotinga Allohning rahmati bo‘lsin», dedilar».
Ikkisini Abu Dovud, Nasaiy va Ibn Moja rivoyat qilganlar.
Sharh: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning duolari maqbul ekanligiga hech shak-shubha yo‘q. Har bir musulmon er-xotin uchun ushbu duoda so‘ralgan Allohning rahmatiga erishish qi¬yin emas. Buning uchun kechasi qaysi birlari avval uyg‘onib, ibodat harakatiga tushsa, jufti halolini ham bu ulug‘ ishga taklif qilishi keraq xolos. Agar uyg‘otilgan kishi qiynalib, turgisi kelmasa, yuziga suv sepish ham joiz ekan. Musulmon er-xotinlar ana shunday bo‘lishlari kerak. Ibodatga, kechalari turib, tahajjud namozi o‘qishga intilishlari, bir-birlaridan or¬qada qolmay, bir-birlarini bu ibodatga undab turishlari lozim. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:29 | Savol-javoblar | 167 | Namoz