Bexafsalalik

Assalomu alaykum! Meni o‘zimga ishonchim yo‘q, biron bir ishni xafsala bilan qilolmiman, ko‘p g‘aflat bosadi, o‘zimni enga olmayapman, yaqin insonlarimni xam xafa qilib qo‘yyapman, bomdod namoziga xam tura olmayapman va kechrishni bilmayapman. Iltimos menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Inson insondan o‘rnak oladi. O‘rnak bo‘ladigan ayollar bilan aloqa bog‘lang. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِنَّ لِلَّهِ مَلَائِكَةً يَطُوفُونَ فِي الطُّرُقِ، يَلْتَمِسُونَ أَهْلَ الذِّكْرِ، فَإِذَا وَجَدُوا قَوْمًا يَذْكُرُونَ اللهَ تَنَادَوْا: هَلُمُّوا إِلَى حَاجَتِكُمْ. قَالَ: فَيَحُفُّونَهُمْ بِأَجْنِحَتِهِمْ إِلَى السَّمَاءِ الدُّنْيَا. قَالَ: فَيَسْأَلُهُمْ رَبُّهُمْ وَهْوَ أَعْلَمُ مِنْهُمْ: مَا يَقُولُ عِبَادِي؟ قَالُوا: يَقُولُونَ يُسَبِّحُونَكَ، وَيُكَبِّرُونَكَ، وَيَحْمَدُونَكَ، وَيُمَجِّدُونَكَ. قَالَ: فَيَقُولُ: هَلْ رَأَوْنِي؟ قَالَ: فَيَقُولُونَ: لَا وَاللهِ مَا رَأَوْكَ. قَالَ: فَيَقُولُ: وَكَيْفَ لَوْ رَأَوْنِي؟ قَالَ: يَقُولُونَ: لَوْ رَأَوْكَ كَانُوا أَشَدَّ لَكَ عِبَادَةً، وَأَشَدَّ لَكَ تَمْجِيدًا، وَأَكْثَرَ لَكَ تَسْبِيحًا. قَالَ: يَقُولُ: فَمَا يَسْأَلُونِي؟ قَالَ: يَسْأَلُونَكَ الْجَنَّةَ. قَالَ: يَقُولُ: وَهَلْ رَأَوْهَا؟ قَالَ: يَقُولُونَ: لَا وَاللهِ يَا رَبِّ مَا رَأَوْهَا. قَالَ: يَقُولُ: فَكَيْفَ لَوْ أَنَّهُمْ رَأَوْهَا؟ قَالَ: يَقُولُونَ: لَوْ أَنَّهُمْ رَأَوْهَا كَانُوا أَشَدَّ عَلَيْهَا حِرْصًا، وَأَشَدَّ لَهَا طَلَبًا، وَأَعْظَمَ فِيهَا رَغْبَةً. قَالَ: فَمِمَّ يَتَعَوَّذُونَ؟ قَالَ: يَقُولُونَ: مِنَ النَّارِ. قَالَ: يَقُولُ: وَهَلْ رَأَوْهَا؟ قَالَ: يَقُولُونَ: لَا وَاللهِ مَا رَأَوْهَا. قَالَ: يَقُولُ: فَكَيْفَ لَوْ رَأَوْهَا؟ قَالَ: يَقُولُونَ: لَوْ رَأَوْهَا كَانُوا أَشَدَّ مِنْهَا فِرَارًا، وَأَشَدَّ لَهَا مَخَافَةً. قَالَ: فَيَقُولُ: فَأُشْهِدُكُمْ أَنِّي قَدْ غَفَرْتُ لَهُمْ. قَالَ: يَقُولُ مَلَكٌ مِنَ الْمَلَائِكَةِ: فِيهِمْ فُلَانٌ لَيْسَ مِنْهُمْ، إِنَّمَا جَاءَ لِحَاجَةٍ. قَالَ: هُمُ الْجُلَسَاءُ لَا يَشْقَى بِهِمْ جَلِيسُهُمْ». رَوَاهُ شُعْبَةُ عَنِ الْأَعْمَشِ وَلَمْ يَرْفَعْهُ. وَرَوَاهُ سُهَيْلٌ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Allohning zikr ahlini qidirib, yo‘llarda aylanib yuradigan farishtalari bor. Agar birorta zikr qilayotgan qavmni topib qolishsa, «Izlagan narsalaringizga kelinglar!» deb bir-birlarini chaqirishadi. Keyin ular bularni (zikr qilayotganlarni) qanotlari bilan dunyo osmonigacha o‘rab olishadi. Robblari O‘zi ulardan yaxshi bilsa ham: «Bandalarim nima deyishyapti?» deb so‘raydi. Ular: «Senga tasbeh, takbir va hamd aytishyapti, Seni ulug‘lashyapti», deyishadi. U Zot: «Ular Meni ko‘rishganmi?» deydi. Ular: «Allohga qasamki, yo‘q, ular Seni ko‘rishmagan», deyishadi. U Zot: «Agar Meni ko‘rganlarda, qanday bo‘lar edi?» deydi. Ular: «Agar Seni ko‘rganlarida, Senga yanada qattiqroq ibodat qilishar, Seni yanada qattiqroq ulug‘lashar va Senga yanada ko‘proq tasbeh aytishar edi», deyishadi. U Zot: «Ular Mendan nima so‘rashyapti?» deydi. Ular: «Jannatni so‘rashyapti», deyishadi. U Zot: «Ular uni ko‘rishganmi?» deydi. Ular: «Allohga qasamki, yo‘q. Ey Robbimiz, ular uni ko‘rishmagan!» deyishadi. U Zot: «Agar uni ko‘rganlarida, qanday bo‘lar edi?» deydi. Ular: «Agar ular uni ko‘rganlarida, unga yanada harisroq, yanada qattiqroq intiluvchan va yanada ko‘proq rag‘batli bo‘lishar edi», deyishadi. U Zot: «Ular nimadan panoh so‘rashyapti?» deydi. Ular: «Jahannamdan», deyishadi. U Zot: «Ular uni ko‘rishganmi?» deydi. Ular: «Allohga qasamki, yo‘q. Ular uni ko‘rishmagan», deyishadi. U Zot: «Agar uni ko‘rganlarida, qanday bo‘lar edi?» deydi. Ular: «Agar uni ko‘rganlarida, undan yanada qattiqroq qochgan va qattiqroq qo‘rqgan bo‘lishardi», deyishadi. U Zot: «Sizlarni guvoh qilib aytamanki, Men ularni mag‘firat qildim», deydi. Bir farishta: «Ularning ichida falonchi ham bor, o‘zi ulardan emas, bir yumush bilan kelgan, xolos», deydi. U Zot: «Ular shunday suhbatdoshlarki, ularning suhbatdoshi ham baxtsiz bo‘lmaydi», deydi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:33 | Savol-javoblar | 140 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar