Er va xotin
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, meni yoshim 30da, uylanganman 3 nafar farzandim bor. Ayolim bilan ko‘p tortishib qolyapmiz, sababi men oilamga ko‘p vaqt ajrata olmayman, ko‘p vaqtim ko‘chada o‘tadi, xaftada kamida 5 kun choyxonam bor, undan tashqari otlarga qiziqishim kuchli. Shular sabab uyda ko‘p o‘tira olmayman, ayolim xar kuni xech bo‘maganda yarim soat farzandlariz va men uchun vaqt ajrating deydi. Men xam ko‘chada o‘ynab yurganim yo‘q, farzandlarim kelajagi uchun pul topayapman desam tushunmaydi. Bunda ayolim haqmi yoki men?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar holat xudda shunday bo‘lsa, ayol haq. Alloh asrasin biror kun ayol erdan boshqa dardkash topib olsa holat bundanda yomonlashadi. Erning hozirgi qilayotgan ishi oilani tomiriga bolta urishning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 06:09 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush