G‘usl qilmasdan uxlash

Assalomu alaykum! Kechasi jinsiy yaqinlikdan so‘ng g‘usl olishni ertasi bomdod namozidan oldin qilishni niyat qilib g‘usl qilmay uxlashga yotish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُما قَالَ: اسْتَفْتَى عُمَرُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أَيَنَامُ أَحَدُنَا وَهْوَ جُنُبٌ؟ قَالَ: نَعَمْ، إِذَا تَوَضَّأَ  Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Umar roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan: «Birortamiz junub holda uxlasak bo‘ladimi?» deb fatvo so‘radi. «Ha, agar tahorat qilib olsa», dedilar».   عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُما أَنَّهُ قَالَ: ذَكَرَ عُمَرُ بْنُ الْخَطَّابِ لِرَسُولِ اللهِ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّهُ تُصِيبُهُ الْجَنَابَةُ مِنَ اللَّيْلِ، فَقَالَ لَهُ رَسُولُ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : تَوَضَّأْ، وَاغْسِلْ ذَكَرَكَ، ثُمَّ نَمْ  Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Umar ibn Xattob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga tunda o‘ziga junublik etib qolishini aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Tahorat qil va zakaringni yuv, keyin uxlayver», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). لَا  يُكْرَهُ مُعَاوَدَةَ أَهْلِهِ قَبْلَ اغْتِسَالِهِ G‘usl qilmasdan ahliga qayta yaqinlik qilish makruh emas. Roddul Muhtor.
Ikki yaqinlik o‘rtasida tahorat olish borasida turli fikrlar aytilgan. Ba’zilar bu tahoratni og‘iz-burunni chayishning o‘zi, deyishsa. Boshqalar to‘liq tahorat olish, deganlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:47 | Savol-javoblar | 162 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar