Binilyuks kompaniyasi

Assalomu alaykum Shayx Hazratlari. Islom ravnaqi yo‘lida hissa qo‘shayotganlarni Alloh ikki dunyosini saodatmand etsin ! Binilyuks kompaniyasi kir yuvish vositasini sotish bilan shug‘ullanadi.Kompaniyaga a’zo bo‘lish uchun 220 ming so‘m to‘lanadi.Shu pulga kir yuvish vositasini sotib olinadi : 3 ta parashok , 2 ta shampun’.Mahsulotni a’zo bo‘lgan odam faqat 1 marta sotib olishi mumkin.Olingan narsalar kishini o‘zini ehtiyoji uchun.Endi shartlari shuki , olgan kishi 2-3 odam topadi va ularni ham kompaniyaga a’zo qiladi.Ular ham mahsulot sotib oladilarda, ular ham o‘z navbatida odam topadilar. Endi mukofot haqida : A’zo bo‘lgan kishi 2 ta odam topadi, ular uning o‘ng va chap "qo‘li" bo‘ladi.Endi agar o‘ng "qo‘l" dagi odamlar soni 100 ga etsa dastlab a’zo bo‘lgan kishiga SPARK rusumli mashina sovg‘a qilinar ekan.Chap "qo‘l" dagi odamlar sonidan esa har bir kishi uchun 22 ming so‘mdan dastlab a’zo bo‘lgan kishining hisob raqamiga tushar ekan.Ya’ni 100 ta odamdan 2 million 2 yuz ming so‘m. A’zo bo‘lgandan keyin bankdan shu kishi nomiga hisob raqam ochiladi.Va pullar o‘sha erga tushadi. Bundan tashqari internetda ham kompaniyani saytida a’zo bo‘lgan kishining o‘z joyi bo‘lib shu joydan odam sonini nechtaga etganini nazorat qilib turish mumkin. Kompaniya davlat tasdiqidan o‘tgan bo‘lib O‘zbekistonni qonun-qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda ish olib boradi.Chet elda bunday tizimni nomi "setevoy marketing" ya’ni "tarmoqli savdo-sotiq" deb ataladi. Savol : Ushbu kompaniyaga a’zo bo‘lib, olingan mukofot shariat hukmi bo‘yicha halol hisoblanadimi? Javobingiz uchun tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Yo‘q.

27 May 2022, 04:01 | Savol-javoblar | 137 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar