Mualliflik huquqi buzilgan holat

Assalomu alaykum! Ukam photoshop dasturini sotib olmasdan krak versiyasidan foydalanib grafik dizaynerlikni o‘rgandi. Dasturni sotib olmasdan uning krak versiyasidan foydalanish mualliflik huquqini buzish ekanligini aytganman. Islomda mualliflik huquqini buzish harom amal hisoblangani bois u bu ishi orqali o‘rgangan ilmidan foydalanib pul topishligi joiz bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mualliflik huquqiga xiyonat qilgani uchun javobgardir. Halol mehnat qilsa puli harom bo‘lib qolmaydi. Vallohu a’lam!

1 Oktabr 2022, 20:17 | Savol-javoblar | 131 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar