Qo‘ldagi yog‘ni yuvib uxlash

Assalomu alaykum! Hadisni xozir o‘qib qoldim. Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim qo‘lida moyi bilan uni yuvishdan oldin uxlab qolib, kechasi unga bir musibat etsa, o‘zidan boshqani malomat qilmasin», dedilar. Shunda qo‘lga umuman yog‘ surib uxlab bo‘lmaydimi, yani men kechasi uxlashdan oldin qulim sovuqdan qurib, yorilishini oldini olishga (glitserin) yog‘ini surib uxlayman. bunday ishim notog‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U erda ovqatni egandan keyingi qo‘lda qolgan yog‘ haqida aytilgan. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 04:02 | Savol-javoblar | 156 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar