Taloq olgan bo‘lsada o‘sha uyda yashasa gunox emasmi?

Assalomu alaykum! Ho‘jayinim uyida yashasamda besh yildan beri birga yashamaymiz. Uch yil uyda o‘tirdim, ikki yil Moskvada egizaklarim bilan ishladim. 4 nafar farzandim bor. Qaynotam olamdan o‘tdi. 20 sidan keyin uyga keldim. Ho‘jaynim telefonda talog‘imni berdi. Moskvada uylanib olganiga etti yil bo‘ldi, hatto farzandlarini o‘ylamaydi ham. Moskvadan kelib ho‘jaynimi uyida qaynonam bilan yashayabman. Bu harom emasmi? Qaynonam men va bolalarim bilan yashashni xohlaydi. Ho‘jaynim esa ajrashmoqchi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Harom emas. Talog‘ingizni bergan bo‘lsa necha taloq berganiga qaraladi. Agar 1-2 taloq bergan bo‘lsa yana birga yashashingiz mumkin. Agar 3 taloq bo‘lsa qayta yashash joiz emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:52 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar