Baxslashish odobi

Assalomu alaykum! Internetdagi befoyda baxslarga kirishmaslikka xarakat qilaman, lekin ba’zida buning iloji yo‘q. Biz baxslashayotganda qanday qoidalarga rioya qilishimiz kerak? Xaqiqatni isbotlash uchun jon kuydirib, chegaradan chiqib ketish gunoxmi? Chegara chizig‘i qaerda biz uchun?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz uchun عن أنس بن مالك قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: من ترك الكذب وهو باطل بني له في ربض الجنة، ومن ترك المراء وهو محق بني له في وسطها، ومن حسن خلقه بني له في أعلاها. قال الترمذي: حديث حسن Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Kim nohaq bo‘la turib yolg‘onni tark qilsa, u uchun jannatning chekkasidan bino barpo qilinadi va kim haq bo‘laturib tortishuvchi tark qilsa, u uchun jannatning o‘rtasidan bino barpo qilinadi va kimning xulqi go‘zal bo‘lsa, u uchun jannatning eng yuqorisidan bino barpo qilinadi” dedilar".
Termiziy rivoyati.
Boshqa bir rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Men shunga kafilman, zominman” deganlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:54 | Savol-javoblar | 205 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar