Suv isrof emasmi
Assalomu alaykum! Buni yozishim balki beodoblikdur lekin ushbu kanalni ko‘pchilik kuzatib boradi. Xozirgi vaqtda issiq xavoda odamlar salqinlash uchun toza ichimlik suvini xovlisiga ko‘chaga sepib isrof qilishmoqda. Meni qo‘shnim bor, bir devor kunda kamida ikki marta salqinlash uchun sepadi suv, istamasamxam eshitaman, ko‘raman mendan yoshi katta aql o‘rgatish bo‘ladi men aytsam, shunga sizlar yozib bu isrofgarchilikni oldini olishingizni so‘rardim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Isrof qilishdan to‘xtangAzizlar! Allohga beadad shukrlar bo‘lsinkim, siz bilan bizni «Ibratli dunyo» turkumidagi suhbatlarimizni davom ettirishga muyassar qilmoqda.
Bugungi suhbatimizda siz azizlar bilan hayotda hammamiz uchun muhim bo‘lgan bir masalani muhokama qilib, undan ibrat olish borasidagi fikrlarimizni baham ko‘rmoqchimiz.
Yaqinda qabulimga bir odobli inson kirib keldi. U kishi tez-tez ziyoratimizda bo‘lib, qabulimizga kirar, hol-ahvol so‘rashib, ba’zi holatlarda o‘ziga kerakli savollarni berar, ba’zi bir fikr-mulohazalarni ham aytib turar edi. Bu kishi qabulimiz asnosidagi suhbatlarimizda menda juda yaxshi taassurot qoldirgan, o‘zining yuksak darajadagi odobi bilan, teran fikr-mulohazalari bilan tanilib qolgan edi. Bu safar ham odatdagidek kirib o‘tirib, o‘zini nihoyatda go‘zal odob bilan tutib, hol-ahvol so‘radi, ba’zi savollarni berdi. Biroz fikr almashgandan so‘ng:
– Taqsir, sizga bir masalani aytsam bo‘ladimi? Bir savol meni juda o‘ylantirib qo‘ydi, – dedi.
– Marhamat qiling, – dedim. U shunday gap boshladi:
– Hozirgi kunda masjidlarimizdagi tahoratxonalarda o‘ta beparvolik tufayli juda ko‘p suv isrof qilinayotgani meni tashvishga solyapti. Bu holatni ko‘rib, juda afsus qilaman. Mo‘min-musulmon bo‘laturib, namozxon bo‘laturib, masjidning yonginasida tahorat qilaturib, shariatimizning isrofgarchilikka qarshi ta’limotlariga amal qilmayotgan ba’zi birodarlarimizni ko‘rsam, juda afsuslanib ketaman. Ba’zi bir tahoratxonalarga ko‘zga ko‘rinarli joyga «Iltimos, suvni isrof qilmang», degan ma’nodagi maxsus yozuvlar ham ilib qo‘yilgan. Odamlarimiz esa bu yozuvlarni ko‘rib turib, ularning shundoqqina tagida o‘tirib, bu ko‘rsatmaga teskari ish qilishadi, suvni o‘ta isrof qilib yuborishadi. Bundan juda o‘ylanib qoldim. Ehtimol, tahoratxona ichkarisiga ovoz kuchaytirgich jihozlarini o‘rnatib, «Suvni isrof qilmanglar, suvni isrof qilish gunoh bo‘ladi», deb aytib turish kerakdir. Shunday holatlarning ustidan chiqib qolsam, ya’ni suvni isrof qilayotgan birodarlarimizni ko‘rib qolsam, «Birodar, suv isrof bo‘lyapti. Shu ishni qilmaganimiz ma’qul. Bunday qilmaylik», deb aytsam bo‘ladimi?
– Bo‘ladi. Odob bilan, sekinlik bilan tushuntirib aytsangiz bo‘ladi, – dedim.
Deyishga dedimu, o‘ylanib qoldim. Haqiqatdan ham nafaqat tahoratxonada, balki boshqa joylarda ham isrofgarchilik, tejamkorlikni mahkam ushlamaslik hollari uchrab turadi.
Yana haligi birodarimizning tahoratdagi isrof xususidagi fikrlariga qaytamiz. Bu gaplarni ulamolar bilan birga o‘tirgan paytimizda ularga aytdim. Shunda domlalarimizdan biri shunday deb qoldi:
«Bir kishi masjidning tahoratxonasida tahorat qilyapti. Jo‘mrakdagi suvni oxirigacha ochib qo‘ygan. Yuz-qo‘lini yuvib bo‘lgach, oyoq kiyimini va paypog‘ini echib, o‘ng oyog‘ini yuvishga tushdi. Yuvib bo‘lgach, uni artib, quritib, paypog‘ini va oyoq kiyimini qaytadan kiyib bo‘lgunicha suv oqib turaverdi. Qarasam, chap oyog‘idagi paypoqni echib, oyog‘ini yuvib, artib, quritib, yana kiygunicha ham suv oqib turaveradigan. Shu payt bizni kuzatib turgan bir kishi: «Birodar, suv isrof bo‘lib ketyapti. Bunga jiddiy qarashimiz kerak. Sal tejasangiz bo‘lardi», dedi. Haligi odam esa istehzo bilan qarab: «Odamlar juda aqlli bo‘lib ketishibdimi?» dedi…»
Ana beparvolik! Ana isrofga e’tiborsizlik! Holbuki, biz musulmon ummatimiz, Robbimiz tomonidan, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tomonlaridan, shariatimiz tomonidan isrofgarchilikdan qaytarilgan ummatmiz, har bir ishda tejamkor bo‘lishga buyurilgan ummatmiz. Hayotimizning hech bir jabhasida isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikka amr qilingan ummatmiz.
«Isrof» so‘zi arab tilida «haddan oshish» ma’nosini bildiradi.
Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday degan:
«Eb-iching va isrof qilmang. Chunki U isrof qiluvchilarni sevmas» (A’rof surasi, 31-oyat).
Demak, eb-ichishda ham isrof qilish mumkin emas ekan. Modomiki, eb-ichishda isrof qilmaslik kerak ekan, demak, boshqa har bir ishda ham isrofga yo‘l qo‘ymaslik lozim bo‘ladi. Biz eb-ichishda isrof qilmaslik deganda nimani tushunamiz? Ko‘pchiligimiz eb-ichib, to‘ygandan keyin ortib qolgan narsani tashlab yuborishni isrof deb tushunamiz.
Aslida bunday emas. Shariatga ko‘ra, keragidan ortiq eyish ham isrof bo‘ladi. Rasuli akram alayhissolatu vassalom eyishda, ichishda inson qornining uchdan biri ozuqa uchun, uchdan biri suyuqlik, suv uchun va uchdan biri havo uchun bo‘lishi kerakligini buyurganlar. Bundan ortig‘i isrof bo‘ladi. Bu ishni qilganlar Alloh suymagan ishni qilganlari uchun U Zotning muhabbatidan mosuvo bo‘ladilar.
Yana bugungi suhbatimizning boshlanishiga sabab bo‘lgan tahorat qilish mavzusiga qaytsak. Hadisi shariflarda shunday deyiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tahorat qilayotgan buyuk sahobalardan biri Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhuning suvni ko‘proq ishlatayotganini ko‘rdilar va unga: «Hoy Sa’d! Bu qanday isrofgarchilik?!» dedilar. Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu: «Ey Allohning Rasuli! Tahoratda ham isrof bo‘ladimi?» dedi. U Allohning ibodati uchun tahorat qilayotganda suvni sal ko‘proq ishlatish isrof sanalmasa kerak, deb o‘ylagan ekan. Shunda u zot alayhissalom: «Ha, hatto oqib turgan daryoning yoqasida bo‘lsang ham», dedilar».
Bir o‘ylab ko‘raylik. Bir kishi oqib turgan daryoning, soyning bo‘yida o‘tirib, qo‘lini suvga solib, tahorat qilyapti. Qilgan tahoratidan tushgan suv yana oqar suvga tushib, qo‘shilib oqib ketyapti. Lekin shunda ham isrof qilmaslik kerak ekan.
Bugungi kunimizga nazar soladigan bo‘lsak, ushbu hadisga mutlaqo amal qilinmayotganini ko‘ramiz. Tahoratxonada tahorat qilayotgan birodarimizning bir oyog‘ini yuvib bo‘lib, keyingisiga o‘tgunicha suvni berkitib qo‘ymayotganiga, hatto bundan ham og‘irroq holatlarga guvoh bo‘lamiz. Afsuski, nafaqat tahoratda, balki boshqa ishlarda ham shunday holatlarni kuzatish mumkinki, isrofgarchilikning cheki tobora ko‘rinmay bormoqda.
O‘tgan azizlarimiz mana shularning mulohazasini qilishgan, fuqaholarimiz o‘sha vaqtning o‘lchovlarida tahoratga mana shuncha, g‘uslga mana shuncha miqdorda suv ishlatiladi, bundan ortig‘i isrofdir, deb qaror chiqarganlar.
O‘sha paytning ustalari, misgarlari tahorat qilinadigan idishni aynan shuncha miqdor suv sig‘adigan qilib yasaganlar. G‘usl qilish uchun ishlatiladigan idish ham fuqaholar belgilab bergan miqdordagi suv bilan to‘ladigan qilib yasalgan. Odamlar esa bu narsalarga so‘zsiz amal qilishgan.
Bugungi kunning ulamolari ham nafaqat tahorat yoki g‘uslda, balki kundalik hayotimizda duch keladigan barcha holatlarda ummatni isrofdan qaytarish bo‘yicha va’z-nasihatlar qilishlari, kitoblar yozishlari, tushuntirish ishlari olib borishlari kerak. El-yurt, xalq, mo‘min-musulmonlar esa ularga og‘ishmay amal qilishlari lozim.
Isrofni turmushning hamma sohasida ko‘rish mumkin. Masalan, elektr chiroqlarni olaylik. E’tibor beradigan bo‘lsak, yoshlarimiz bir xonaga kirib, chiroqni yoqib, ishini bitiradi, lekin chiqib ketishda uni o‘chirib qo‘yishni unutishadi. Yoqilgan chiroq uch-to‘rt kungacha ham o‘chmay turaveradi. Yana bir misol: Hozir avtoulovlar nihoyatda ko‘paygan, biroq ularning qadriga etish yo‘q. Avtoulovlardan foydalanishda, ularni parvarish qilishda ham ko‘p isrofgarchilikka yo‘l qo‘yiladi. Boshqa holatlarda ham shu ahvol.
Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.
Kiyim kiyishda, yurish-turishda, umuman, har bir sohada tejamkor bo‘lish lozim. Isrofchilar Allohning irodasiga, Qur’oni Karimga teskari ish qilayotganini anglabgina qolmay, boshqalarga ham tushuntirishimiz kerak. Ana shunda tejamkorligimiz o‘zimizga, oilaviy iqtisodimizga, jamiyatimizga, butun el-yurtimizga foyda keltiradigan, savob kasb qilishga sabab bo‘ladigan solih amalga aylanadi.
Alloh subhanahu va taolo barchamizni isrofchi bo‘lishdan asrasin, doimo tejamkor bo‘lishimizni nasib qilsin, bu borada O‘zining ta’limotiga amal qilganimiz uchun xayr-baraka ato etib, ajru savobni ko‘paytirib bersin.
Va aaxiru da’vauna anil hamdu lillaahi Robbil ’aalamiyn.
Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu!
(Iqtibos tugadi)
Hozirgi kunda ichimlik suvi muammosi butun jahon miqyosida eng birinchi darajali tashvishlardan bo‘lib turibdi. Bugungi kunda dunyoda 1.100.000.000 kishi yoki jami aholining oltidan bir qismi toza ichimlik suviga muhtoj. Hozirgi paytda jami 470 million kishi suv taqchilligi keskinlashgan mintaqalarda, 2,4 milliard kishi esa suv tozalash qurilmalari va drenaj tizimi orzuligicha qolayotgan o‘lkalarda yashaydi. Yana yigirma yildan keyin suv etishmaydigan o‘lkalarda yashovchilar soni olti baravarga ko‘payib, uch milliard kishiga etishi taxmin qilinmoqda. Sifatli ichimlik suvi etishmasligi oqibatida jahonda yiliga o‘n million kishi kasallanib, nobud bo‘layotir.
Dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida millionlab odamlar toza ichimlik suviga tashna, bir chelak suv uchun janjal-mojarolar bo‘layotgan bir paytda bizlar toza ichimlik suvini jo‘mraklardan oqizib qo‘ymoqdamiz. «Nega bunday?» desangiz, «Sovuqda muzlab qoladi», deb bahona topamiz. Toza ichimlik suvi bilan ekinlarimizni sug‘oramiz, mashinamizni yuvamiz, hovlilarimizni, ko‘chalarimizni salqinlatish uchun ichimlik suvini sepamiz. Ayniqsa, tahorat va g‘usl qilishda odamlarning qanchalar suv isrof qilayotganini ko‘rganda tejamkorlik degan narsaning batamom unutilganiga yana bir bor iqror bo‘lamiz.
Suvni isrof qilishning har xil ko‘rinishlari bor. Aksariyat kishilar tarvuz-qovun, ichimliklarni salqinlatish uchun ularning ustidan soatlab ichimlik suvini oqizib qo‘yadilar. Buni isrofdan boshqa nima deyish mumkin? Toza ichimlik suvini oqizib, mashinalarini yuvadigan yurtdoshlarimizni har qadamda uchratish mumkin. Axir meva yoki ichimliklarni boshqa yo‘l bilan ham sovutish, mashinani yuvish uchun chelakdan foydalanish, suvni tejab-tergab ishlatish ham mumkin-ku. Suv bandalarga Alloh bergan buyuk ne’matlardan biridir. Alloh taolo bandalarini O‘zi bergan ne’matlaridan unumli foydalanib, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikka buyuradi. Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash dunyoviy (global) muammo darajasiga ko‘tarilgan bir pallada qo‘ni-qo‘shni, yoru do‘stlarimizni suvni tejashga chaqirsak, inshaalloh, bu dunyoda ko‘plab yutuqlarga, oxiratda esa Allohning roziligiga sazovor bo‘lamiz.
Har birimiz bu boradagi isrofgarchilikka barham berishga harakat qilishimiz, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ham suvni isrof qilmaslik, uni tejamkorlik bilan ishlatish ruhida tarbiyalab borishimiz kerak.
Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Solih hidoyat, go‘zal ko‘rinish va iqtisodli bo‘lish nabiylikning etmishdan bir juzidir», dedilar».
Buxoriy rivoyat qilgan.
O‘zini salohiyatli tutish, go‘zal ko‘rinish, vazminlik, sukut, viqor va tejamkorlik nabiylikning etmish juzidan biri ekan.
Albatta, nabiylik buyuk, oliy bir maqom. Alloh subhanahu va taolo bunday maqomni sanoqli bandalariga bergan, xolos. Lekin ana shu oliymaqom sifatning ichidagi mazkur sifatlar nubuvvatning etmish juzidan biri ekan. Bu narsaga yaqin bo‘lish har bir mo‘min-musulmonning burchi hisoblanadi.
Doim ahli solihlardan bo‘lib, hidoyatda yurish, o‘zini orasta tutish, odob bilan, viqor bilan yurish hamda tejamkor bo‘lish, isrofga yo‘l qo‘ymaslik, har bir narsani o‘z o‘rnida, me’yorida tasarruf qilish, keragidan ortiq, behudaga sarflamaslik nabiylikning etmish juzidan bir juz, etmish bo‘lagidan bir bo‘lak ekan. Buni har bir mo‘min-musulmon – erkagu ayol, yoshu qari yaxshi o‘zlashtirib olib, hayotiga tatbiq qilmog‘i lozim.
Alloh taolo bizlarni barcha ishlarda, shu jumladan, suvni tejash borasida ham to‘g‘ri yo‘lga boshlasin! Vallohu a’lam!Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
(Isrof kitobidan)
5 Oktabr 2023, 13:24 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar