Mavludda pul olish berish
Assalomu alaykum! Avvalam bor sizlarga rahmat savollarga vaqt topib javob berayotganingiz uchun. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin! Yana o‘sha mavlud masalasi. Savol noo‘rin bo‘lsa oldindan uzr so‘rayman. Bizda Buxoroda mavlud kilishsa ayollar mavludga xuddi tug‘ilgan kun va boshqa marosimlarda pul berishgani kabi pul berisharkan. Yakinda bilib koldim. Man bunday qilmanglar asli mavlud payg‘ambarimizni siyratlarini o‘rganish uchun dedim. Onam yaqinda mavlud qilaman qushni ayollarni chaqiraman ular pul berishsa nima qilay avvallari man ham qushnilarga pul berganman dedilar. Man olmasliklarini aytdim. Hatto kimdir iftorlik qilsa ham pul berisharkan. Albatta erkaklar orasida bu narsa uchramaydi. Lekin shu pul berayotgan ayollarni kupi rozi bo‘lib bermayotgan bo‘lsa kerak. Man sandan qolmayman qabilida ish tutishadi. Iltimos javob bersangizlar buni hato deb o‘ylayman. Iloji bo‘lsa shunaqa narsalarni hukmini televidiniya orqali tanishtirilsa. Bu ayollarga mahallani imomi aytishsa qilishmaydi lekin televizorda aytsa ishonishadi. Vaqtingiz uchun rozi bo‘ling!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday qilish shar’an joiz emas. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:59 | Savol-javoblar | 131 | Boshqa ibodatlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday qilish shar’an joiz emas. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:59 | Savol-javoblar | 131 | Boshqa ibodatlar