Namozni vaqtida o‘qimaslik gunohmi?
Assalomu alaykum! Bir ma’ruzada eshitib qoldim. Ma’nosi: bir ayol zino qilib farzand ko‘rarkan. Keyin u yangi tug‘ilgan farzandini o‘ldirarkan. Bu ishidan keyin qattiq afsuslanib, tavba qilarkan. Keyin Muso alayhissalomning oldilariga borib bo‘lgan voqeani aytib bersa, Muso alayhissalom yo‘qol, deb haydab yuborar ekanlar. Ayol ketganidan keyin Jabroil alayhissalom Muso alayhissalomning oldilariga kelib, gunohlarni Alloh kechiradi, tavba qilganni Alloh qabul qildi. Siz gunohlarni mag‘firat qiladigan Zot emassiz, degan ekanlar. Keyin bu ayoldan ham katta gunohlarni qiladiganlar bor, debdilar Jabroil alayhissalom. Muso alayhissalom bundan ham katta gunoh qiladigan kishilar kimlar desalar, namozini vaqtida o‘qimaydiganlar, deb javob beribdilar. Shunda Muso alayhissalom namozini vaqtida o‘qimaganlar shunchalik katta gunoh qilsalar, umuman o‘qimaganlar-chi degan ekanlar. Shundaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo Qur’on karimda: فَوَيْلٌ لِّلْمُصَلِّينَ الَّذِينَ هُمْ عَن صَلَاتِهِمْ سَاهُونَ 4. Bir «namozxonlar»ga vayl bo‘lsinki…
5. Ular namozlarini unutuvchilardir.
deb marhamat qilgan. Bundan ortiq jazo bo‘lishi mumkinmi? Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 21:17 | Savol-javoblar | 181 | Namoz