Namozga befarqman

Assalomu alaykum! Qadrli ustozlar, men namoz o‘qiyman lekin judayam namozga befarqlikmi bilmadim ertalab turib bomdod o‘qishga va kechqurun hufton namozini o‘qishga erinib uhlab qolaman bu ishimdan judayam afsuslanaman va vijdonim qiynalib "ya Alloh namozni qazo qilgandan ko‘ra meni jonimni olib qo‘yganing yaxshidi" degan hayolla o‘tadi qancha harakat qilmay o‘zimni o‘zgartirolmayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Namoz Alloh taoloning bebaho ne’matidir. Alloh uni faqat va faqat O‘zi suyganlariga ato qiladi. Gunohni tark qilsangiz ne’matga erishasiz. Alloh taoloning ikki xil farishtalari bo‘lar ekan. Tvaqti bo‘lganida bir toifaga “Meni do‘stlarimni uyg‘oting, ular Menga ibodat qilsinlar, Men ularni so‘raganlarini beraman” der ekan. Boshqa bir toifasiga “Osiy, fosiq bandalarimni uxlating, Men ularni yuzini ko‘rishni ham xohlamayman” der ekan. Shuning uchun kechasi bilan uyqusi kelmagan tahajjud vaqti bo‘lganida qattiq uyquga ketar ekan. Katta onalarimizni bir soddagina gaplari bo‘lar edi. O‘zi suygan qulini turta-turta uyg‘otarO‘zi suymagan qulini uyqu bilan yupatar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:00 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar