Turklar haqida hadis

Assalomu alaykum! Internetda rus tilidagi ushbu hadisni o‘qib qoldim. Bu hadis sahihmi («Ostav’te s mirom tyurkov, poka oni vas ostavlyayut v pokoe»).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ushbu hadisni bundan to‘liqroq matn bilan Tabaroniy, Abu Dovud, Nasaiy va Bayhaqiylar ham rivoyat qilishgan.  قَالَ أَبُو هُرَيْرَةَ  رَضِي اللهُ عَنْهُ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: «لَا تَقُومُ السَّاعَةُ حَتَّى تُقَاتِلُوا التُّرْكَ صِغَارَ الْأَعْيُنِ، حُمْرَ الْوُجُوهِ، ذُلْفَ الْأُنُوفِ، كَأَنَّ وُجُوهَهُمُ الْمَجَانُّ الْمُطْرَقَةُ، وَلَا تَقُومُ السَّاعَةُ حَتَّى تُقَاتِلُوا قَوْمًا نِعَالُهُمُ الشَّعَرُ Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ko‘zlari kichik, yuzlari qizil, puchuqburun, yuzlari teri qoplangan qalqonga o‘xshaydigan turklarga qarshi jang qilmaguningizcha, So’at qoim bo‘lmaydi. Poyabzallari jun bo‘lgan qavmga qarshi jang qilmaguningizcha, So’at qoim bo‘lmaydi», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy).
Shorihlar, turli fikrlar aytishgan. Jumladan, “bu hadisda aytilgan turk bu mug‘ullar” deyishgan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:59 | Savol-javoblar | 195 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar