Musibat bo‘lgan xonadondagi bid’atlar
Assalomu alaykum! Yaqinda onam dunyodan o‘tdilar. Oilada 2 qiz, bir o‘g‘ilmiz. Men o‘g‘il farzandman. Xotinlarni ma’rakadagi bid’atlariga qarshi kurashyabman, lekin bir uzim qiynalyabman. 1. O‘lik chiqqan xonadonda 40 kun igna bilan yirtilgan narsalarni tikib bo‘lmaydi. Keyin men ayolim bilan 40 kun qo‘shilolmas ekanman. Ayolim 40 kun chilla o‘tirar ekan. 52- kuni hammaga dasturxon yozilar ekan. Bularni barchasi bid’at desam meni vahobiyga chiqarib qo‘yishyabdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Yaqiningizdagi masjid imomlariga murojaat qiling. O‘shalar nasihat qilib yordam berishsin. Quyida shu savolga Ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning javoblarini havola qilamiz. - O‘sha kishi aytgan kunlarda o‘liklarda mazkur o‘zgarishlar bo‘lsa ham, shariatda o‘sha kuni ehson qilish haqida ko‘rsatma yo‘q. Shariatda yo‘q narsani o‘zicha qilishga hech kimning haqqi yo‘q. O‘likka yaxshilik qilaman degan odam duo qilsin, Qur’oni Karim tilovat qilib savobini bag‘ishlasin va boshqa shariatda ko‘rsatilgan ishlarni qilsin.Avvalo, musiybatga uchraganlar dafndan keyingi uch kun ichida boshqalarga taom qilib berishlari makruhdir. Musiybatzadalarga ularning yaqinlari va qo‘shnilari taom taqdim qilishlari mustahabdir. Merosxo‘rlarning ichida balog‘atga etmagan bolalar bo‘lsa, boshqalarga taom qilib berish haromdir. Mazkur uch kundan keyin mayyit ahli taom qilib, ulashsa, durustligi yuzaga chiqadi. Ammo, shariatda «uch», «yigirma», «qirq», «yil» va boshqa nomlar bilan ataladigan marosimlar yo‘q. Katta kitoblarda ham, kichiklarida ham, arabchasida ham, ajamchasida ham bu nomlarning birortasini topib bo‘lmaydi.Kitoblarda «Motam munosabati ila qilinadigan taom «vaziyma» deyiladi» degan gap bor, xolos.O‘sha vaziymaning kuni, hajmi, unga pishiriladigan taomning turi va boshqa narsalari belgilangan emas. Bunday ehsonni kishi o‘zidan, oilasidan, qaromog‘idagilardan orttirganda, balog‘atga etmagan bolalarning haqqini aralashtirmasdan, ko‘ngli istagan paytda qilishi mumkin. Bunda turli bid’at-xurofotlarni aralashtirmaslik shart. Faqihlar bu boradagi hujjat va dalillarni tahlil qilib, jumladan, quyidagi xulosaga kelganlar: Mayyitga savobi etadigan narsalar:Barcha ulamolar mayyitning duo, istig‘for, sadaqa va haj kabi badaniy-moliyaviy ibodatlardan manfaat olishiga ittifoq qilganlar.Ulamolar namoz va Qur’on qiroati kabi badaniy ibodatlardan mayyit foyda olishi haqida bir oz ixtilof qilganlar.Hanafiylarning ixtiyor qilgan qavllari bo‘yicha, qorilar qabrning oldida o‘tirib, qiroat qilsalar, bo‘ladi. Boshqa erlardagi qiroatning ham savobi etishi haqida shubha yo‘q. Chunki, Qur’on qiroati bo‘lgan erga rahmat va baraka nozil bo‘ladi. Qur’on qiroatidan keyingi duoning qabul bo‘lishi oson.Hanbaliylar: «Qabr oldida qiroat qilsa bo‘ladi», deganlar va unga «Yaasiyn»ni o‘lganlarga o‘qish haqidagi hadislarni dalil qilganlar.Molikiylar: «Mayyitga uning o‘limidan keyin va qabr oldida qiroat qilish makruh, chunki avvalgilar bunday qilmagan», deganlar. Ammo, ularning keyingi ulamolari: «Qur’on qiroati va zikr qilib, savobini mayyitga bag‘ishlash mumkin va bag‘ishlovchiga ham ajr bo‘ladi», deyishgan.Avvalgi Shofe’iylar: «Mayyitga o‘zining amalidan boshqa amal manfaat bermaydi», deganlar. Ammo, bu mazhabning keyingi ulamolari masalani o‘rganib, tahqiq qilib chiqqach: «O‘lganlarga «Fotiha» va boshqa suralarning qiroati savobi etadi», deganlar. Odamlar shunga amal qilganlar.Shunday qilib, to‘rt mazhabning barchasi Qur’on qiroatining savobi o‘tganlarga etishiga ittifoq qilganlar.O‘tganlarni, xususan, ota-onalarni yo‘qlash, ruhlarini shod qilish va ortlaridan savob yuborish haqida so‘z yuritilar ekan, quyidagi hadisi sharifni yodga olish zarur bo‘ladi.Anas ibn Molikdan eshitgan kishidan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar:«Albatta, amallaringiz o‘lgan yaqinlaringiz va qarin¬doshlaringizga ko‘rsatilur. Agar yaxshi bo‘lsa, ular bashorat olurlar. Agar boshqacha bo‘lsa: «Allohim, bizni hidoyat qilganing kabi ham hidoyat qilmay turib ularni o‘ldirmagin», – deyishadi».Ahmad rivoyat qilgan.Demak, vafot etgan ota-onamiz va yaqinlarimizni yodlashimiz yilda bir yoki ikki marta yoziladigan dasturxon paytidagina emas, har lahzada bo‘lishi lozim.Alloh taolo barcha farzandlarga ota-onalariga tiriklik chog‘ida barcha yaxshiliklarni qilib, roziliklarini topib, duolarini olishni nasib etsin. O‘tganlaridan keyingi haqlarini ham sharaf bilan ado etishga muyassar qilsin! Vallohu a’lam!https://savollar.islom.uz/s/13725
25 May 2022, 22:25 | Savol-javoblar | 174 | Aqiyda