G‘ayridinlarni duo qilish

Assalomu alaykum! Rossiyani Vladimir shaxrida alhamdullilah masjidda dars olamiz. Bu erdagilardan bir savolimga javob olgandim, silarga xam jo‘natim. Javob ikki xil bo‘ldi. Shuni sababini tushuntirib bersangizlar, chunki man oila a’zolarim bilan Rossiya fuqoroligi olib bu erda yashaymiz. Ancha yillardan beri bollarim Islom dinida bo‘lishlari uchun masjidga o‘qishga oboraman. Savol quyidagicha edi boshqa xristian tanishlarim “duo qilib qo‘y bolnitsaga operatsiyaga yotaman” degandi imomlarimiz “g‘ayri dindagilarga faqat to‘g‘ri yo‘l so‘rab duo qilishimiz mumkin sog‘lik so‘ramaymiz” deb aytishdi. Shu masalaga oydinlik kiritib bersangizlar. Chunki oldingi savolimga ularga duo qilish moddiy yordam qilish joiz deb yozdilar. Shunga ikkilanib qoldim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Nasroniylarni qalbini ulfat qilish, Islomini umid qilib haqqiga shifo so‘rab duo qilish joiz. Hatto Qur’on o‘qib ularga dam solish ham joiz. Ammo hidoyatdan boshqa mag‘firat va jannat kabi oxirat ishlarini so‘rash joiz emas. Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Imom Termiziy, Imom Ibn Moja va Imom Ahmadlar qilgan rivoyatda aytilishicha, Abu Sa’iyd al-Xudriy boshliq bir guruh sahobalar safarda bo‘ladilar. Bir qavm oldidan o‘tib, mehmon qilishni so‘rasalar, u qavm bosh tortadi. Ittifoqo, o‘sha kechasi mazkur qavmning ulug‘ini chayon chaqib oladi. Ulardan ba’zilari maskanlari yaqinida dam olayotgan sahobalarning huzurlariga kelib, bo‘lgan hodisani aytadilar va «Ichingizda dam soladigan odam bormi?» deyishadi.
Abu Sa’iyd al-Xudriy:
«Bizga haqqini bermasangiz, dam solmaymiz», deydilar. Bir necha adad qo‘yga kelishadilar. Abu Sa’iyd al-Xudriy «Fotiha» surasini o‘qib, dam soladilar. Boshliq tuzaladi.
U kishi qo‘ylarni olib, shubhalanib qoladilar va ularga hech bir tasarruf qilmasdan avval Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so‘rash uchun Madinaga haydab ketadilar. Bo‘lgan voqe’ani Pay¬g‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga aytib berganlarida u zot:
«Taqsimlanglar! Menga ham ulush beringlar», deydilar. Ya’ni bu narsaning joizligi, halolligini bildirish uchun shunday deb, kulib yuborgan ekanlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:04 | Savol-javoblar | 158 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar