G‘ayridinlarning dafn marosimida qatnashish
Assalomu alaykum! Mening ismim Furqat. Savolim noo‘rin bo‘lsa avvaldan uzr so‘rayman. Ushbu savolni yozishimdan maqsad xozirgina xordiq.uz saytidan g‘ayridinlarning dafn ma’rosimida katnashilmaydi degan gapni o‘qib koldim. 1- masala. Men tibbiyot soxasida talim olaman. Samarqandda o‘qib yurgan vaqtlarimda men yashagan kvartiraning egalari xristian diniga etiqod qilardi. Biz bilan juda xam yaxshi muomalada bo‘lishgan. Bizga (boshqa kvartiradoshlarimga xam) dars qilishimiz va boshqa xo‘jalik bilan bog‘liq muammolari echimida xam juda ko‘p yordamlar berishgan. Kunlardan bir kun xozyaykamiz bandalikni bajo keltirdi. Biz uning yaxshiliklari oldida o‘zimizni qarzdor xis qilardik. Dafn marosimida xam o‘sha uydagi yumushlarga astoyidil yordam berganmiz. 2-masala. Yozgi tatil vaqtlarida tibbiyot muassasalarida amaliyot o‘tayman. Bazida shifoxonalarda dini, e’tiqodi, xattoki shaxsi yoki turar joyi xam nomalum (BOMJ) insonlar davolanadi ayrim xollarda esa usha xech kimi yo‘q (egasiz) bemorlar shifoxonada vafot etganini ko‘rganman. Shunday xolatlarning birida o‘zim xam qatnashganman. O‘shanda (xamma rasmiy ishlar qilib bo‘lingach) marxumni IIB xodimi, men, san-aviatsiya xodimi bilan birgalikda kabristonga olib borib dafn qilinish jarayonida qatnashganman. Savol: Bunday xollarda men gunox ish qilgan bo‘lib chiqamanmi? Agar iloji bo‘lsa shu savolni javobini batafsilroq (dinimiz tarixidagi misol va dalillar bilan) bayon qilsangiz minnatdor bo‘lardim. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Ibodat va diniy rusumlarida qatnashmagan bo‘lsangiz, zarari yo‘q. 2). Gunohkor bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:47 | Savol-javoblar | 162 | Tahorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Ibodat va diniy rusumlarida qatnashmagan bo‘lsangiz, zarari yo‘q. 2). Gunohkor bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:47 | Savol-javoblar | 162 | Tahorat